Ta‟sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarni baholash qarz va kredit
sifatida kiritilgan investitsiyalarni yuqorida keltirilgan tartibiga to‗liq o‗xshashdir.
Ta‘sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarning qayta baholanishi , ma‘lumki
ta‘sis badali summasini oshishiga va bu o‗z navbatida undan olinadigan
ta‘sischilarning foydasi hissasini o‗ zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun
ta‘sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalarning qayta baholangan qiymati davlat
registratsiyasidan qayta o‗tishi lozim va faqat shu asosda tan olinishi, shuningdek
balansda aks ettirilishi lozim.
.Moliviy investitsiyalarning sintetik va analitik hisobi. 21-son BHMS ga
muvofiq uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning hisobini yuritish uchun maxsus
0600 «Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schyotlari» tizimida quyidagi schyotlar
ko‗zda tutilgan:
0610 «Qimmatli kogozlar»
0620 «Sho‗‘ba xo‗ jalik jamiyatlariga investitsiyalar»
0630 «Qaram xo‗jalik jamiyatlariga investitsiyalar»
0640 «Chet el kapitaliga ega korxonalarga investitsiyalar»
0690 «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar»
0610 «Qimmatli qog„ozlar» schyoti korxonalarning aksiya va boshqa qimmatli
qog‗ozlarni sotib olishga yo‗naltirgan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarini
hisobini yuritishga mo‗ljallangan. Ushbu schyotning debetida aksiya va boshqa
qimmatli qog‗ozlarni sotib olinishi aks ettiriladi, schyotning debet qoldig‗i esa sotib
olingan qimmatli qog‗ ozlarning qiymatini ko‗rsatadi. Schyotning kredit tomonida aksiya
va boshqa qimmatli qog‗ozlarning korxona balansidan chiqib ketishi, ya‘ni ularni
kamayishi, aks ettiriladi. Aksiya va boshqa qimmatli qog‗ozlarning hisobi 0610-
schyotda ularning nominal qiymatida yuritiladi.
0620 «Sho„‟ba xo„jalik jamiyatlariga investitsiyalar» schyoti
o„z ixtiyorida
sho‗‘ba xo‗jalik jamiyatlariga ega bo‗lgan korxonalarda qo‗ullaniladi va ular ushbu
schyotda sho‗‘ba xo‗jalik jamiyatlariga kiritgan moliyaviy investitsiyalarini hisobini olib
boradilar.