K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Ikkinchi usulda
qayta baholash qimmatli qog‗ozlarning guruhlari bo‗ yicha 
amalga oshiriladi. Guruh sifatida, odatda, ma‘ lum bir korxona (masalan, aksionerlik 
jamiyati, aksionerlik tijorat banki ) hisoblanadi. Ushbu usulda guruhga kirgan qimmatli 
qog‗ozlarning sotib olish va bozor qiymatlari ichidan eng kichigi tanlab olinib, shu 
qiymatda guruhga kirgan barcha qimmatli qog‗ozlarning qayta baholangan qiymatdagi
summasi topiladi. Qayta baholash natijasida har bir guruh bo‗ yicha qimmatli 
qog‗ozlarning oshirilgan va kamaytirilgan qiymat summalari topiladi. Barcha guruhlar 
bo‗ yicha birgalikda topilgan summalar o‗rtasidagi farq jami qimmatli qog‗ozlarning
balans qiymatini oshishiga yoki kamayishiga olib keladi. Oshirilgan qiymat, xuddi 
birinchi usuldagidek, qayta baholashdan olingan daromad sifatida xususiy kapitalga 
kiritiladi, pasaytirilgan qiymat esa- korxona harajati sifatida tan olinadi va hisobotda aks 
ettiriladi.
Uchinchi usulda
qayta baholash jami investitsiya portfeli bo‗ yicha amalga 
oshiriladi. Ushbu usulda guruhlar bo‗ yicha qayta baholash natijasida oshirilgan qiymat 
summasi xususiy kapital summasiga kiritiladi, pasaytirilgan qiymat summasi
harajatlarga olib boriladi, o‗rtadagi farq, agar ijobiy bo‗lsa investitsiyalarni kupayishiga, 
agar salbiy bo‗lsa investitsiyalarni kamayishiga olib boriladi. 
Qimmatli qog‗ozlarga yo‗naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash 
usullarini farqini to‗laroq tushunish maqsadida quyidagi misolni ko‗rib chiqamiz. 
Aytaylik, aksionerlik jamiyati quyidagi qimmatli qog‗ ozlarga ega: 
Korxona 
Ak siya 
soni 
Aksiyaning 
sotib olish 
qiymati 
Aksiya-
ning 
bozor 
qiymati 
Sotib 
olish 
qiymati
summasi 
Bozor 
qiymati 
summasi 
Bozor 
qiymatini 
oshishi va 
pasayishi 
Savdogarbank 
10 
5000 
5200 
50000 
52000 
2000 
Savdogarbank 
20 
6000 
5200 120000 104000 
-16000 
«Suxrob» AJ 
100 
1000 
800 100000 
80000 
-20000 
«Suxrob» A J 
50 
1200 
800 
60000 
40000 
-20000 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin