91
foydalilik darajasiga, to‗lanayotgan dividendlarning miqdoriga,
ularning kelajakdagi
obru-e‘tiboriga va boshka omillarga.
Qiymat tamoyiliga
muvofiq qimmatli qog‗ozlarga yo‗naltirilgan moliyaviy
investitsiyalar boshqa aktivlar singari keyingi sanalarda
yuqorida keltirilgan
qiymatlarning eng kichik miqdorida balansda aks ettirilishi lozim. Ushbu qiymatda
uzoq muddatli qimmatli qog‗ozlar balansda investitsiya portfeli metodiga asoslanib aks
ettiriladi. Qisqa muddatli qimmatli qog‗ ozlar ularning bozor va sotib olish
qiymatlarining eng kichik qiymatida hisobga olingan bo‗lsa,
balansda qimmatli
qog‗ozlar portfelining jami investitsiya
qiymatiga, yoki qimmatli qog‗ozlar guruhlari
bo‗ yicha qiymatiga, yoki qimmatli qog‗ozlarning alohida nomlari bo‗ yicha qiymatiga
asoslanib aks ettiriladi.
Keyingi sanalarda bozor qiymati sotib olish qiymatidan past bo‗lsa qimmatli
qog‗ozlarga yo‗naltirilgan moliyaviy investitsiyalarning
sotib olish qiymati bozor
qiymati darajasigacha yetkazilishi va balansda shu qiymat bilan aks ettilishi kerak.
Agar sotib olish qiymati bozor qiymatidan past bo‗lsa , u holda qimmatli qog‗ozlarga
yo‗ naltirilgan moliyaviy investitsiyalarning qiymati balansda o‗zgarishsiz qoldirilishi
lozim. Hozirgi vaqtda amaliyotda bu tamoyilga to‗liq amal qilinayotgan emas.
Korxonalar balansida sotib olingan qimmatli qog‗ozlar, jumladan aksiyalar, asosan sotib
olish qiymatida ( nominal qiymatda ) aks ettirilmokda. Bozor qiymatini o‗zgarishi, ya‘ ni
uni sotib olish qiymatidan past yoki yuqori bo‗lishi, ularning ichidan eng quyi miqdorini
ifodalovchi qiymati balansda aks ettirilmasdan qolmoqda.
Bu holning mavjudligiga
sabablardan biri bulib, korxonalarning hisob siyosatida qimmatli qog‗ozlarga
yo‗ naltirilgan investitsiyalarning keyingi sanalarda qiymatini ko‗rib chiqilishi tartibini
aniq belgilanmaganligi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: