Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar deganda, BXMS
№ 12 «Moliyaviy investitsiyalarning hisobi» ga muvofiq, 12 oydan ko‗p muddatga
kiritilgan mablag‗lar tushuniladi. Ushbu muddatdan kam vaqtga kiritilgan mablag‗lar
qisqa
muddatli moliyaviy investitsiyalar deb ataladi.
Kiritilish yo„ nalishiga ko‗ra moliyaviy investitsiyalar xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlarning turlari bo‗ yicha alohida guruhlarga ajratiladi. Jumladan, uzoq va qisqa
muddatli moliyaviy investitsiyalar ushbu belgisiga ko‗ra qo‗ yidagi guruhlarga ajratiladi:
Aksionerlik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Banklarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Sho‗‘ba korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Qo‗shma korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Qaram jamiyatlarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Boshqa turdagi korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.
Ko„rinishi bo‗ yicha barcha moliyaviy investitsiyalarni qo‗ yidagi guruxlarga
ajratish mumkin:
Qimmatli qog‗ozlarga kiritilgan investitsiyalar;
Qarz sifatida kiritilgan investitsiyalar;
Kredit sifatida kiritilgan moliyaviy investitsiyalar;
Ta‘sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar;
Qimmatli qog„ozlarga kiritilgan investitsiyalar deganda ochiq aksionerlik
jamiyatlari va aksionerlik tijorat banklarini chiqargan aksiyalarini va boshqa qimmatli
qog‗ozlarga tenglashtirilgan ekvivalentlarni sotib olishga sarflangan mablag‗lar
tushuniladi. Sotib olingan aksiyalar korxonaga dividend ko‗rinishida daromad keltiradi,
shuningdek ular korxonaga aksionerlik jamiyati yig‗ilishlarida ovoz berish huquqini ham
beradi. Qimmatli qog‗ ozlarga tenglashtirilgan ekvivalentlarga obligatsiyalar, veksellar,
depozit sertifikatlari kiradi. Bu turdagi moliyaviy investitsiyalar, asosan, qisqa muddatli
bo‗lib, ular korxonaga foiz ko‗rinishida daromad keltiradi.
Korxona ixtiyoridagi barcha qimmatli qog‗ozlar birgalikda korxonaning