89
Ta‟sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar
deganda, korxonaning yangi
tashkil etilgan boshqa korxonalarning ustav kapitaliga mablag‗ kiritishi tushuniladi.
Korxonalar ta‘ sis badali sifatida mablag‗larni qizaloq korxonalarga, qo‗shma
korxonalarga, uyushgan korxonalarga, qaram jamiyatlarga va boshqa turdagi
korxonalarga kiritishlari mumkin. Bu guruh investitsiyalar korxonalarga ta‘sis etilgan
boshqa korxonalar foydasidan ulush olish ko‗ rinishida daromad keltiradi.
Kiritilgan mablag„larning turiga
ko‗ra moliyaviy investitsiyalarni qo‗ yidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
Uzoq muddatli aktivlar bilan kiritilgan moliyaviy investitsiyalar ;
Qiska muddatli aktivlar bilan kiritilgan moliyaviy investitsiyalar.
Uzoq muddatli aktivlar hisoblangan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
tugallanmagan kapital qo‗ yilmalar, qimmatli qog‗ozlar qarz va kredit sifatida, ta‘sis
badali sifatida turli mulk va shakldagi boshqa korxonalarga investitsiya tarzida kiritilishi
mumkin. Qisqa muddatli aktivlardan qimmatli qog‗ozlarga asosan pul mablag‗lari
kiritiladi. Qarz va kredit, shuningdek ta‘sis badali sifatida qisqa muddatli aktivlarning
debitorlik qarzlaridan tashqari barcha turlari kiritilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: