Moliviy investitsiyalarning barchasiga taalluqli umumiy xususiyatlar mavjud.
Ularning asosiylariga qo‗ yidagilarni kiritish mumkin.
1. Maqsadlilik – barcha moliyaviy investitsiyalar aniq maqsad bilan kiritiladi.
2 .
Qaytarishlik – barcha moliyaviy investitsiyalar shartnoma muddati tugagach
korxonaga qaytariladi.
3. To„lovlilik – barcha moliyaviy investitsiyalar uchun shartnomaga muvofiq ularni
olgan xo‗jalik sub‘ekti to‗lov majburiyatini oladi. To‗lov majburiyati faqat ayrim
hollarda shartnoma asosida bo‗lmasligi mumkin va bu, odatda, nochor korxonaga
moliyaviy yordam bergandagina vujudga keladi.
4. Samarali foydalanish – investor bergan mablag‗larini olgan xo‗jalik sub‘ ekti
tomonidan samarali foydalanilayotganligini shartnoma asosida nazorat qilish huquqiga
ega bo‗lishi mumkin.
5 .
Sotish ob‟ekti – qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar 1 yil ichida tez va
erkin sotiladigan aktivlar hisoblanadi, uzoq muddatli investitsiyalar esa erkin
sotilmaydigan aktivlar hisoblanadi.
Moliyaviy investitsiyalar hisobining vazifalari . Moliyaviy investitsiyalar
bo‗ yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Moliyaviy quyilmalarni ularning moxiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos
ravishda hisobga olish;
Moliyaviy quyilmalarni to‗g‗ri baholash va qayta baholash;
Moliyaviy quyilmalar holati va harakatini to‗g‗ri, o‗z vaqtida tegishli
boshlang‗ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
Moliyaviy quyilmalar bo‗ yicha daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq
schetlarda aks ettirish;
Moliyaviy quyilmalardan olingan daromadlarni Soliq Kodeksiga muvofiq
soliqga tortilishini ta‘ minlash;
.Moliyaviy investitsiyalarni baholash. Moliyaviy investitsiyalarning har bir turini
baholash va qayta baholash o‗ziga xos xususiyatlarga ega.