Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni baholashda ikkita
sana muhim rol o‗ ynaydi:
Sotib olish sanasi Keyingi sanalar Sotib olish sanasi deganda, qimmatli qog‗ozlarga yo‗naltirilgan moliyaviy
investitsiyalarni sotib olish, ya‘ni ularni qabul qilib olish sanasi tushuniladi.
BXMS № 12 «Moliyaviy investitsiyalarning hisobi » ga muvofiq sotib olish
sanasida qimmatli qog‗ozlarga yo‗ naltirilgan moliyaviy investitsiyalar
sotib olish qiymatida tan olinishi va hisobotda aks ettirilishi lozim.
Qimmatli qog‗ozlarga yo‗naltirilgan moliyaviy investitsiyalarning
sotib olish qiymati deganda, ularni sotib olish bahosi sotib olishga ketgan harajatlar bilan birgalikda
olingan qiymati tushuniladi. Sotib olishga ketgan harajatlarga brokerlik kantoralariga
to‗langan haqlar, boj to‗lovi, bank xizmati haqlari va boshqa sotib olishga doir harajatlar
kiradi. Sotib olish qiymati qimmatli qog‗ozlarga yo‗naltirilgan moliyaviy
investitsiyalarning
boshlang„ich qiymatini yoki
balans qiymatini tashkil qiladi.
Agar sotib olish sanasida sotib olish qiymatiga ma‘ lum sanagacha bo‗lgan davr
uchun hisoblangan dividendlar va foizlar hissasi kiritilgan bo‗lsa, qimmatli qog‗ozlarga
yo‗ naltirilgan investitsiyaning balans qiymati o‗tkazib berilgan summadan sotuvchi
tomonidan bo‗nak sifatida to‗langan foiz va dividendlar summasini chegirishdan keyin
qolgan qiymatda aks ettirilishi lozim. Chunki sotib olish vaqtida olingan summa va sotib
olish qiymati o‗rtasidagi farq investorning investitsiyaga kiritgan mablag‗lari uchun
avans tariqasida olgan daromadi hisoblanadi. Bu avans summa investitsiyani sotib
olishdan to qaytarilganicha bo‗lgan davrda investor tomonidan doimiy daromad sifatida
bir maromda hisobdan chiqarilib borishi kerak.