93
Ko„rinib turibdiki, 1-usulda aksionerlik jamiyatining qimmatli qog„ozlarga
yo„naltirilgan moliyaviy investitsiyalarining sotib olish va bozor qiymatlaridan eng
kichigi bo„yicha qayta baholangan qiymati 274000 so„mni tashkil etadi, ya‟ni sotib
olish qiymatiga nisbatan ularning qadri 56000 so„ mga tushib ketgan. Hisobot yili
oxirida ushbu usul bo„ yicha qimmatli qog„ozlar qayta baqolanganda, ularning qiymati
balansda 274000 so„ m etib belgilanadi va o„rtadagi farq , ya‟ni 56000 so„mlik zarar,
rezerv kapitali hisobidan qoplanadi. Agar rezerv kapitali ushbu maqsad uchun
shakllanmagan bo„lsa, u holda ushbu summa korxona zarariga olib boriladi.
Agar korxona qimmatli qog‗ozlarni qayta baholashning
ikkinchi usulini tanlagan
bo‗lsa, u holda qimmatli qog‗ozlar qadrini pasayishi natijasida 60000 so‗ mlik
zarar
ko‗rilgan bo‗ladi va hisobot yili oxirida ularning balans qiymati 270000 sum
miqdorida balansda aks ettiriladi. Ko‗rilgan zarar, xuddi 1-usuldagidek,
rezerv kapitali
hisobidan qoplanadi yoki korxona zarariga olib boriladi.
Agar korxona qimmatli qog‗ ozlarni qayta baholashning 3- usulini qo‗llayotgan
bo‗lsa, u holda hisobot yili oxiriga qimmatli qog‗ozlarning qiymati 330000 so‗ mdan
276000 so‗ mga
tushiriladi, o‗rtadagi farq , ya‘ni 54000 so‗ m, rezerv kapitali hisobidan
qoplanadi yoki bunday rezerv kapitali bo‗ lmasa korxona zarariga olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: