K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

1020 «Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar».
Ushbu 
schyotning debetida yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, qurilish detallari va 
konstruksiyalarining mavjud qoldiqlari va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‗payishi, 
kreditida esa – ularning ishlab chiqarishga, qurilishga sarfi va boshqa chiqimlari 
natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‗lgan qiymatda 
aks ettiriladi. 
1030 «Yoqilg„i».
Ushbu schetning debetida mavjud neft mahsulotlari, yoqilg‗i-
moylash materiallarining (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‗ isi, moylar va boshqalar), 
gazsimon yoqilg‗i turlarining (gaz va gazolin), shuningdek qattiq yoqilg‗i turlarining 
(ko‗ mir, o‗tin va boshqalar) qoldig‗i va ularni chetdan sotib olish evaziga ko‗payishi, 
kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek boshqa 
chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‗lgan 
qiymatda aks ettiriladi. 
1040 «Ehtiyot qismlar».
Ushbu schetning debetida mashina va mexanizlar
transport vositalarini ta‘mirlash uchun zarur bo‗lgan ehtiyot qismlari, avtomobillarning 
zahiradagi shinalarining mavjud qoldig‗i va ularni chetdan sotib olish evaziga 
ko‗payishi, kreditida esa – ularning ishlab chiqarish va boshqaruvga sarfi, shuningdek 
boshqa chiqimlari natijasida kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik 
bo‗lgan qiymatda aks ettiriladi. 
1050 «Qurilish materiallari».
Ushbu schetning debetida qurilish, qurilish –
montaj ishlari, qurilish detallari va konstruksiyalarini yasash uchun zarur bo‗lgan qurilish 
materiallarining zahiradagi mavjud qoldig‗ i va ularni chetdan sotib olish evaziga 
ko‗payishi, kreditida esa – ularning qurilish, qurilish-montaj ishlariga, turli 
konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarfi, shuningdek boshqa chiqimlari natijasida 
kamayishi tannarx yoki sof sotish qiymatlaridan eng kichik bo‗lgan qiymatda aks 
ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin