Debet 0840 «Asosiy podani shakllanishi»
Kredit 1110 «O‗stirishdagi va bo‗rdoqidagi xayvonlar»
0840-««Asosiy podani shakllanishi» schetida to‗plangan summa o‗stirilgan
hayvonni ishchi va mahsuldor hayvonlar guruhiga kiritilishiga qarab hisobdan
chiqariladi, ya‘ni:
Debet_0170_«Ishchi_va_mahsuldor_hayvonlar»_Kredit'> Debet 0170 «Ishchi va mahsuldor hayvonlar»
Kredit 0840«Asosiy podani shakllanishi»
Yosh xayvonlar o‗stirish uchun boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinsa, u
holda quyidagi yozuvlar qilinadi:
1. Sotib olinsa Debet 1110 «O‗ stirishdagi va bo‗rdoqidagi xayvonlar»
Kredit 6010 « Ta‘ minotchilarga qarzlar»
Kredit 4230 « Xodimlarning berilgan avanslar bo‗ yicha qarzlari»
Kredit 6890 « Boshqa majburiyatlar»
2. Bepul olinsa Debet 1110 «O‗stirishdagi va bo‗rdoqidagi xayvonlar»
Kredit 8530 « Bepul olingan mulklar»
3. Ta‟sischilardan olinsa Debet 1110 «O‗stirishdagi va bo‗rdoqidagi xayvonlar»
Kredit 4610 « Ta‘sischilarning ustav kapitaliga ulushi bo‗ yicha qarzlari»
Bu turdagi yosh xayvonlar ham o‗stirish jarayoni tugagach, asosiy podaga ishchi
xayvonlar yoki mahsuldor xayvonlar sifatida kirim qilinadi.
O‗stirishdagi xayvonlar sotilishi, bepul berilishi, ta‘sis badali sifatida boshqa
korxonaga berilishi, halok bo‗lishi mumkin. Barcha hollarda ularning tannarx bo‗ yicha
qiymati Debet 9220 Kredit 1110 yozuvi bilan hisobdan chiqariladi, olingan foyda Dt
9220 Kredit 9320 yozuvi bilan, kurilgan zarar esa Debet 9432 Kredit 9220 yozuvi bilan
aks ettiriladi. Haridorlardan tushadigan tushumga Debet 4010 Kredit 9220 yozuvi
beriladi.
Bo‗rdoqidagi xayvonlar semirtirishga ketgan harajatlar № 2010 «Asosiy ishlab
chiqarish» schetining debetida to‗planib, hisobot davrlari oxirida molning semirish
tannarxiga kiritib boriladi.
Bo‗rdoqidagi mollar so‗ yib sotilganda yoki tiriklayin sotilganda sotishdan tushgan
tushum korxonaning daromadiga olinadi ( Debet 5010,4010 Kdedit 9010), bir vaqtning
o‗zida sotilgan bo‗ rdoqi molning tannarxi hisobdan chiqariladi
( debet 9110 Kredit 1110 ).
O‗stirishdagi va bo‗rdoqidagi xayvonlar xalok bo‗lganda, ularning tannarxi moddiy
javobgar shaxs yoki korxona hisobidan, shuningdek sug‗urta qilingan bo‗lsa, sug‗ urta
polisi evaziga ham qoplanadi.Bu operatsiyalar mos ravishda Debet 4630, 9430,6510
Kredit 9220 yozuvlari bilan aks ettiriladi
109
O‗stirishdagi va bo‗rdoqidagi xayvonlarning analitik hisobi ularning turlari,
guruhlari, yoshiga qarab saqlanish joylari va moddiy javobgar shaxslar bo‗ yicha
yuritiladi.