K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Buxgalteriya hisobi tamoyillari deganda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Buxgalteriya hisobi tamoyillari deganda
uni yuritishda amal qilish lozim bo‗lgan 
qoida va tartiblar majmuasi tushuniladi. 
Buxgalteriya hisobini yuritishning tamoyillari mamlakatimizda O‗zbekiston 
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida Qonuni»ning 6- moddasi bilan 
belgilangan, shuningdek 1-son BXMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» ning 16-49 
punktlarida ushbu tamoyillarning mohiyati ochib berilgan. Bu tamoyillarning asosiylari 
qo‗ yidagilar. 
Uzliksizlik tamoyili.
Bu tamoyil korxonani doimo harakatdagi sub‘ekt, ya‘ni o‗z 
faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi sub‘ekt sifatida qaraydi. 
Buxgalteriya hisobini uzliksiz yuritilishi korxonaning kelajagi borligidan darak beradi. 
Bundan tashqari buxgalteriya hisobi korxonaning kelajakda ravnaq topishiga xizmat 
qiluvchi vosita hamdir.
Hisoblash tamoyili. 
Bu tamoyil korxonaning daromad va harajatlarini yuz bergan 
vaqtiga ko‗ra tan olish va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda 
aks ettirishni bildiradi. Soliq Kodeksiga muvofiq 1998 yil 1 yanvardan boshlab barcha 
korxonalar uchun ularning mulk shaklidan qatiy nazar sotish momenti qilib mahsulot 
(ish, xizmat) ni jo‗natish (bajarish) sanasi, ular uchun to‗lov pulini qachon kelib 
tushishidan qatiy nazar, qabul qilindi. 
Ikki yoqlama yozuv tamoyili. 
Bu tamoyil korxonada yuz bergan har qanday 
operatsiyaning summasini bir vaqtning o‗zida ikkita schetda, ya‘ni birining debetida va 
ikkinchisining kreditida aks ettirishni bildiradi. Ushbu tamoyilga amal qilish korxonaning 


21 
aktivlari va ularning tashkil topish manbalari summalarini doimo teng bo‗lishini 
ta‘ minlaydi. 
Qiymat tamoyili. 
Bu tamoyil korxona aktivlari va passivlarini tannarx yoki bozor 
baholarida (ulardan qaysi biri past bo‗lsa, o‗shanda) hisobga olishni bildiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin