XK = UK + QK + RK + TF + R + MT - XAQ Majburiyatlar – bu korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi
qarzlari. Majburiyatlarning asosiy turlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
Olingan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu mos ravishda 1 yildan ko‗p va 1
yilgacha muddatga boshqa yuridik shaxslardan vaqtinchalik moliyaviy yordam sifatida
olingan mablag‗larni qaytarish bo‗ yicha qarzlar summasi.
Olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar - bu mos ravishda 1 yildan ko‗p va 1
yilgacha muddatga banklardan kredit shartnomalari asosida olingan kredit resurslarini
qaytarish bo‗ yicha qarzlar summasi.
Ta’minotchilarga to‘lanadigan schetlar – bu olingan tovar-moddiy boyliklar
uchun ta‘ minochilarga o‗tqazilmay qolingan qarz summasi.
Haridorlardan olingan avanslar - bu haridorlardan tovar-moddiy boyliklarni
sotib olish uchun oldindan kelib tushgan pullar bo‗ yicha qarz summasi.
Muddati kechiktirilgan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu soliqlar va boshqa
to‗lovlar bo‗ yicha muddati mos ravishda 1 yildan ko‗p va 1 yilgacha bo‗ lgan davrga
uzaytirilgan qarz summasi.
Byudjet oldidagi qarzlar – bu hisobot davrida hisoblangan, lekinda byudjetga
o‗tqazib berilmagan soliq va to‗lovlar bo‗ yicha qarz summasi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qarzlar – bu ijtimoiy sug‗ urta bo‗ yicha hisobot davrida
hisoblangan, lekinda tegishli sug‗urta organlariga o‗tqazib berilmagan qarz summasi.
Ish xaqi bo‘yicha qarzlar – bu korxonaning xodimlariga hisoblangan va vaqtincha
saqlanayotgan ish haqlarini to‗lanmay qolingan qismi.