Inventarizatsiya – bu korxona aktivlari va majburiyatlarining
haqqoniy
mavjud
holatini
aniqlash, ularni
hisob
ma‘lumotlariga mos kelishligini belgilash bo‗ yicha amalga
oshirilgan ish faoliyati.
Xulosa va takliflar -bu tekshiruv natijalari bo‗ yicha tekshiruvni belgilagan
shaxslarga faoliyatni yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida fikr va
mulohazalarni o‗zida mujassamlashtirgan maxsus rasmiy hujjatni tayyorlashga doir ish
faoliyati.
Konsalting – bu xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga ularni
qiziqtiruvchi
turli bilimlar
va amaliy ko‗nikmalar bo‗ yicha maslahatlarni berish borasida olib borilgan ish faoliyati.
Auditorlik tashkilotlari buxgalteriya
hisobi
va
hisoboti
, moliya, soliq solish, biznes reja,
menejment va boshqa sohalar bo‗ yicha xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga tuzilgan
shartnomalar asosidagi konsalting faoliyatini olib borishlari mumkin.
Kasbiy xizmatlar – bu auditorlik tashkilotlarining shartnomalar asosida xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektlarga
hisobni
yuritib berish, uni tiklash, soliq deklaratsiyalarini tuzib
berish, biznes rejani tuzish va boshqa kasb ishlarini bajarib berish borasidagi ish
faoliyati.
Shunday
qilib
, yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqgan
holda
audit va
auditorlik faoliyatlariga
quyidagicha
ta‘rif berish mumkin.
Audit - bu xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliyaviy xo‗jalik faoliyatini davlat
va xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning manfaatlari nuqtai nazaridan
qonunlar
va va boshqa
me‘ yoriy hujjatlarga mos kelishini ichki va tashqi nazoratdan o‗tqazish, tahlil va
ekspertiza
qilish
, shuningdek konsalting va boshqa turdagi kasbiy xizmatlarni ko‗rsatish
tizimi.