K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Dasturiy ta‟minot - 
bu zamonaviy kompyuterlarda texnik-iqtisodiy hisob-
kitoblarni olib borish bo‗ yicha yaratilgan dasturlar, algoritmlar to‗plami.
Franchayzlar – 
bu yangi formula va algoritmlarni, texnologiyalarni, tashqi 
ko‗rinish va belgilarni qullash bo‗ yicha huquq. Ushbu huquq franchayzga (foydalanish 
huquqini oluvchi) franchayzor (foydalanish huquqini beruvchi) tomonidan maxsus 
franchayz shartnomasi asosida beriladi. Masalan, ketchup ishlab chiqarish 
texnologiyasidan foydalanish huquqini «Baltimor-Chelek» qushma korxonasiga 
«Baltimor» xolding kompaniyasidan franchayz shartnomasi asosida olgan. 
Gudvil -
bu korxonaning sof aktivlarini sotib olish qiymati va bozor qiymati (yoki 
haqqoniy hisob qiymati) o‗rtasidagi farq bo‗lib, u faqat birinchi qiymat ikkinchisidan 
ortiq bo‗lganda vujudga keladi. Masalan, sotib olingan korxonaning qiymati 40 mln. 
so‗ m, uning aktivlarining bozor qiymati yoki haqqoniy hisob qiymati –45 mln. so‗ m, 
korxonaning majburiyatlari –8 mln. so‗ m. Bu holda, sotib olinayotgan korxonaning sof 
aktivlarining haqqoniy (bozor) qiymati –37 mln so‗ m (45-8) bo‗ladi. O‗rtadagi 3 mln. 
so‗ mlik (40 –37) farq sotib oluvchi korxona uchun gudvil hisoblanadi. Gudvil yuqori 


83 
narxlarda sotib olingan aktivlarni kelgusida katta daromad keltirishi mumkinligi aniq 
bo‗lgan hollarda samarali hisoblanadi. 
Tashkiliy harajatlar
– bu korxona ta‘sischilarining uni tashkil etish bo‗ yicha 
sarflagan harajatlari, masalan korxonani ta‘sis hujjatlarini ishlab chiqish, davlat 
ro‗ yxatidan o‗tqazish, muhr va shtampni tayerlash, bankdagi hisob raqamini ochish va 
boshka shu kabi tashkiliy ishlarga sarflangan harajatlar. Bu harajatlar , odatda, ta‘sischi 
(lar ) ning shaxsiy mablag‗lari evaziga korxona ish faoliyatini boshlagunga qadar 
qilinadi. Qonun hujjatlariga muvofiq tashkiliy harajatlar ta‘sischilarning ustav kapitaliga 
hissasi sifatida tan olinishi va qabul qilinishi mumkin. 
Yuqorida nomlari va tavsifi keltirilgan nomoddiy aktivlarning barchasi (gudvil va 
tashkiliy harajatlardan tashqari) sotish, almashtirish, berish ob‘ekti bo‗lib hisoblananishi 
mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin