118
Shuning uchun ham tayyor mahsulotlar buxgalteriya hisobining muhim ob‘ektlaridan biri
hisoblanadi.
4-son BXMS ga muvofiq tayyor mahsulotlar quyidagi baholarda hisobga olinadi:
Ishlab chiqarishdan olinganda – haqiqiy tannarxi bo‗ yicha;
Ta‘sischilardan olinganda – kelishuv bahosida;
Qaytarib bermaslik sharti bilan bepul kelib tushganda – ekspert yo‗li bilan
aniqlangan qiymatda;
Bahosini real aniqlash qiyin bo‗lgan buyumlar bo‗ yicha- rejali (normativ) bahoda.
Haridorgirligini yo‗qotgan, sifati past yoki shikastlangan hollarda- sof sotish
qiymatida ( tannarxdan past bo‗lgan qiymatda).
Tayyor mahsulotlar qiymatini baholash xuddi ishlab chiqarish zahiralari kabi
korxona hisob siyosatida belgilangan FIFO yoki AVEKO usullardan birida amalga
oshirilishi mukin.
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va tannarxni
kalkulyatsiya qilish yo‗ li bilan topiladi. Kalkulyatsiya, odatda bir xil nomdagi
mahsulotga (ish yoki xizmat turiga) tuziladi. Amaliyotda normativ (rejali ) kalkulyatsiya,
haqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi kabi kalkulyatsiyaning turlari keng ishlatiladi.
Normativ (rejali) kalkulyatsiyada qabul qilingan mahsulot (ish, xizmat) birligining
tannarxi maxsus tasdiqlangan resepturalar asosida sarflanadigan harajatlar summasini
ishlab chiqarishga mo‗ljallangan mahsulot(ish, xizmat)ning soniga bo‗lish yo‗li bilan
topiladi. Masalan, 100 porsiya palov (250 grammlik) tayyorlash uchun resepturada
quyidagi harajatlar ko‗ zda tutilgan deylik: go‗ sht –6 kg, guruch –25 kg, yog‗ –8 kg, sabzi
–20 kg, piyoz –3 kg, tuz va zirovarlar - 1 porsiyaga 5 so‗ m miqdorida. Ishlatiladigan
masalliqlar bozordan sotib olinadi. Ushbu shartli ma‘lumotlarga ko‗ra 1 porsiya
palovning normativ(rejali) tannarxini kalkulyatsiyasi quyidagicha bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: