XYII - bob. AUDIT NATIJALARINI UM UMLASHTIRI SH, RASMI YLASHTIRI SH VA TADBIQ ETI SH 17.1. Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda auditorlik tekshiruvini o‗tqazishning 3-bosqichi
bo‗lib uning natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish
hisoblanadi
.
Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish deganda shartnomada
ko‗rsatilgan ob‘ektlar bo‗ yicha auditorlik tekshiruvida aniqlangan dalilu-isbotlarni
rasmiy
hujjatlarda
aks ettirish tushuniladi. Ushbu rasmiy
hujjatlar
bo‗lib auditorning
hisoboti
va auditorlik xulosasi
hisoblanadi
.
O‗zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‗g‗risida
Qonun
»iga muvofiq
( 18-modda) «
auditor hisoboti – bu auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya
hisobini
yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy
hisobotdagi
qoida
buzarliklar to‗g‗risidagi mufassal ma‘lumotlardan, shuningdek
auditorlik tekshiruvi o‗ tqazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‗lgan va
xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt rahbariga, mulkdoriga,
qatnashchilari
(aksiyadorlari) ning
umumiy yig‗ilishiga yo‗llangan hujjat».
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliyaviy
hisobotlarini
tekshirish bo‗ yicha
o‗tqazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari to‗g‗risida auditor
hisoboti
70-son AFMS
«Auditor
hisoboti
va moliyaviy
hisobot
to‗g‗risida auditorlik xulosasi» ga muvofiq
tuziladi.
Ushbu AFMS ga muvofiq auditorning
hisoboti
quyidagi
uch
qismdan
(bo‗limdan)
iborat bo‗ladi.