K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Mualliflik huquqi
– bu yozilgan kitob, yaratilgan musiqa , tasviriy san‘at va 
boshqa asarlar uchun uning muallifiga berilgan huquq. Ushbu huquq asarlar egalariga 
ularni chop ettirish, qayta bosmaga berish, ko‗paytirish, sotish, yozdirish, ijro etish, 
taqsimlash va shu kabi boshqa harakatlarni qilishni o‗z ichiga oladi. 
Litsenziya 
–bu u yoki bu xo‗jalik faoliyati, xo‗ jalik operatsiyasi bilan 
shug‗ullanish uchun davlatning kompetent organi tomonidan berilgan ruxsatnoma. 
Litsenziya maxsus rasmiy hujjat bo‗lib, u korxonaga unda ko‗rsatilgan faoliyat turini 
belgilangan muddat ichida amalga oshirishga ruxsat beradi. Litsenziya olish lozim 
bo‗lgan faoliyat yoki operatsiyalarning turlari, litsenziya berish vakolati yuklatilgan 
kompetent organlar davlat tomonidan belgilanadi. Masalan, dori-darmon ishlab chikarish 
bo‗ yicha litsenziyani Sog‗liqni saqlash Vazirligi, turistik xizmatlarni kqrsatish uchun 
litsenziyani «O‗zbekturizm» assotsiatsiyasi, auditorlik faoliyati bilan shug‗ullanish uchun 
litsenziyani Moliya Vazirligi beradi. Litsenziya olish uchun korxona tegishli kompetent 
organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
Litsenziya berish to‗g‗risida ariza, unda faoliyat turi, muddati ko‗rsatiladi; 
Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ta‘sis hujjatlari (ta‘sis shartnomasi, ustav, 
davlat ro‗ yxatidan o‗tganlik to‗g‗risidagi qaror va boshqalar); 
Davlat soliq idorasida hisobga olinganlik to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma nusxasi; 
Boshqa talab qilingan hujjatlar 
Litsenziya berilgan muddatida kuchga ega bo‗ladi. Korxonaning tugatilishi bilan 
litsenziya o‗z kuchini yo‗qotadi.
Savdo markasi, savdo belgilari va sanoat namunalari- 
bu korxona tomonidan 
ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat uchun berilgan nomlar yoxud ramzlar, 
masalan «Koka-Kola», «Neksiya», «Soni», «Xon» va shu kabilar. Egalik qilish 
maqsadida ushbu savdo markalari, savdo belgilari va sanoat namunalari davlat 
ro‗ yxatidan o‗tqazilishi mumkin. Ro‗ yxatdan o‗tqazilgan belgilar, ramzlar bo‗ yicha 
egalik huquqi qonun asosida himoyalanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin