K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/307
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197844
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

investitsion portfelini
tashkil etadi. 
Qarz va kredit sifatida kiritilgan investitsiyalar 
deganda, korxonalarga 
moliyaviy yordam berish maqsadida berilgan mablag‗ lar tushiniladi. Bu guruh 
investitsiyalar imtiyozli va imtiyozsiz bo‗lishi mumkin. Imtiyozli investitsiyalar deganda, 
ustama foizsiz yoki imtiyozli (kichik miqdorli) foizlar asosida berilgan qarz va kreditlar 
tushuniladi. Imtiyozsiz investitsiyalar deganda ma‘lum muddatga kelishilgan foizlar 
asosida berilgan qarz va kreditlar tushuniladi. Shunday qilib, qarz va kredit sifatida 
kiritilgan investitsiyalar korxonalarga foizlar ko‗rinishida daromad keltiradi yoki 
daromad keltirmaydi. 


89 
Ta‟sis badali sifatida kiritilgan investitsiyalar 
deganda, korxonaning yangi 
tashkil etilgan boshqa korxonalarning ustav kapitaliga mablag‗ kiritishi tushuniladi. 
Korxonalar ta‘ sis badali sifatida mablag‗larni qizaloq korxonalarga, qo‗shma 
korxonalarga, uyushgan korxonalarga, qaram jamiyatlarga va boshqa turdagi 
korxonalarga kiritishlari mumkin. Bu guruh investitsiyalar korxonalarga ta‘sis etilgan 
boshqa korxonalar foydasidan ulush olish ko‗ rinishida daromad keltiradi. 
Kiritilgan mablag„larning turiga
ko‗ra moliyaviy investitsiyalarni qo‗ yidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 
Uzoq muddatli aktivlar bilan kiritilgan moliyaviy investitsiyalar ; 
Qiska muddatli aktivlar bilan kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. 
Uzoq muddatli aktivlar hisoblangan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, 
tugallanmagan kapital qo‗ yilmalar, qimmatli qog‗ozlar qarz va kredit sifatida, ta‘sis 
badali sifatida turli mulk va shakldagi boshqa korxonalarga investitsiya tarzida kiritilishi 
mumkin. Qisqa muddatli aktivlardan qimmatli qog‗ozlarga asosan pul mablag‗lari 
kiritiladi. Qarz va kredit, shuningdek ta‘sis badali sifatida qisqa muddatli aktivlarning 
debitorlik qarzlaridan tashqari barcha turlari kiritilishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin