K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


-jadval  Qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi uchun qo‘llaniladigan



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə40/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

3.1-jadval 
Qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi uchun qo‘llaniladigan 
boshlang‘ich hujjatlar
klassifikatori 


Boshlang‘ich hujjat nomi 


Tuzuvchi 
shaxslar 
Foydalanuv-
chilar 
Taqdim etish 
muddati 

1
Ishonchnoma


Buxgalteriya
Buxgalteriya,
Ta’minot bo‘limi
Olingan so‘ng 10
kun ichida
2
Materiallarni qabul qilish
dalolatnomasi (M -7 shakl)
Ombor mudiri
Buxgalteriya,
Ta’minot bo‘limi
Joriy oyning oxirgi
kuni
3
Omborga kirim qilish orderi
(M-4 shakl)
Ombor mudiri
Buxgalteriya,
Ta’minot bo‘limi
Joriy oyning oxirgi
kuni
4
Limit-zabor varaqasi
(M-8 shakl)
Ombor mudiri
Buxgalteriya,
uchastka
boshliqlari,
masterlar
Joriy oyning oxirgi
kuni
5
Talabnoma ( M- 11 shakl)
Uchastka
boshliqlari,
masterlar
Buxgalteriya
uchastka
boshliqlari,
masterlar
Har kuni
6
Ichki almashuv nakladnoyi
(M-15 shakl)

Ombor mudirlari


Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
Har kuni
7
Schyot-faktura
Sotish bo‘limi
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
Har kuni
8
Inventarlarni hisobdan chiqarish
to‘g‘risida dalolatnoma
Uchastka
boshliqlari,
masterlar
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
Joriy oyning oxirgi
kuni
9
Materiallar harakati to‘g‘risida
hisobot (M-19)
Ombor mudirlari
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar
Joriy oyning oxirgi
kuni
10
Qurilishda asosiy materiallar
sarfi to‘g‘risida hisobot (M-29)
Uchastka
boshliqlari,
masterlar
Buxgalteriya,
boshqa
bo‘linmalar

Joriy oyning oxirgi


kuni

Ta’minotchilardan (qurilish materiallari kombinatlari, zavodlar, ta’minot-


savdo korxonalari va boshqalardan) qurilish materiallari shartnomalar asosida
sotib olinadi. Qurilish tashkiloti ta’minotchilardan materiallarni olish uchun
o‘zining ishonchli vakili (ekspeditor) nomiga ishonchnoma beradi. Bu vakil
qurilish materiallarini ta’minotchidan qabul qilib olish, uni yuklash, jo‘natish,
yetkazib kelishga mas’ul shaxs hisoblanadi. Ta’minotchi korxona qurilish
tashkiloti vakili qo‘liga yuklab jo‘natilgan materiallar bo‘yicha schyot-faktura va
unga ilova qilinadigan yuk-transport hujjatlarini (TTN, temir yo‘l naklodnoyi,
vagon spesifikatsiyasi, sifat sertifikati va boshqalarni) taqdim etadi.


Materiallarning buyurtmachilardan, bosh pudratchi va subpudratchi


tashkilotlardan olinishi ham yuqorida keltirilgan tartibga o‘xshash tarzda
hujjatlashtiriladi. Qurilish materiallarini ta’sischilardan kirim qilinishi ta’sis
shartnomasi, baholar kelishuvi bayonnomasiga muvofiq tuzilgan schyot-fakturalar
va ularga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotida kelib tushgan materiallar rahbarning farmoyishiga ko‘ra
omborlarga yoki bevosita qurilish maydonchalaridagi maxsus joylarga miqdor va
sifat jihatdan qabul qilinadi. Tashib keltirishda turli qo‘shimcha harajatlar qilingan
materiallar
bo‘yicha qurilish tashkiloti buxgalteriyasi maxsus «Kirim
dalolatnomasi»ni tuzadi. Ushbu hujjat materiallarni sotib olish qiymati (tannarxi)
bo‘yicha hisobga olish uchun asos bo‘ladi.
Qurilish tashkilotlarida kelib tushgan materiallarning ombor hisobi partion,
navli yoki qoldiq usullar bo‘yicha olib boriladi. Buning uchun mos ravishdagi
Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin