Chunonchi, ayrim qurilish tashkilotlarida materiallar hisoboti faqat soniy
ko‘rinishda, boshqalarda esa soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilmoqda.
Soniy-summoviy ko‘rinishda tuzilgan materiallar hisoboti (M-19 shakl)
namuna sifatida 4 – ilovada keltirilgan.
Hisobotni ushbu ko‘rinishda yuritishga hozirgi kunda qurilish tashkilotida
materiallarni hisobdan chiqarishda qabul qilingan baholash usullari katta ta’sir
ko‘rsatadi. Chunonchi, FIFO usulini qo‘llash ushbu hisobotni bir qancha
varaqlardan iborat bo‘lishiga olib keladi. Chunki, bu usulga ko‘ra materiallar nomi
bir xil bo‘lsada, lekin sotib olish narxlari turlicha bo‘lganligi uchun alohida
qatorlarda ko‘rsatiladi.
AVEKO usulini qo‘llash hisobot varaqlari sonini kamayishiga olib keladi.
Chunki, bunda materiallar nomi bir xil bo‘lganligi uchun,
ularning bahosidan
qat’iy nazar, bir qatordan yoziladi. Bu usulda materiallar holati va chiqimining
summaviy miqdori hisobotda o‘rtacha baholarda ko‘rsatiladi.
Materiallar hisoboti ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi barcha kirim
va chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyada qoladi. Buxgalter tomonidan
tekshirilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan
ikkinchi nusxasi esa ombor
mudiriga qaytariladi.
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasida materiallar hisoboti va unga ilova qilingan
boshlang‘ich hujjatlar ishlab chiqarish zahiralarining sintetik va analitik hisobini
yuritishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: