K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə9/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

3.Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining
xususiyatlari 

Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yuritish sub’ektlari singari respublikamiz


qonun hujjatlari asosida o‘zlarining hisob siyosatini ishlab chiqishlari hamda unga
amal qilishlari lozim. Ushbu hisob siyosatida qurilish tashkiloti rahbariyati
tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobining tashkiliy shakli, xo‘jalik
faoliyati ko‘rsatkichlari, aktivlar, majmuriyatlar va xususiy kapital elementlarini
tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga asos bo‘luvchi hujjatlar tizimi, ishchi
schyotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishi, tovar-moddiy
boyliklarni inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa
tartib-qoidalar va tamoyillar aniq ifodalangan bo‘lishi lozim. Qurilish tashkilotlari
hisob siyosati to‘g‘risida tasavvur olish uchun MCHJ shaklidagi «149- HMK»ning
hisob siyosatidan qisqa ko‘chirma 1-ilovada keltirilgan.
Qurilish tashkilotlarining hisob siyosati ichki va tashqi foydalanuvchilarga
ular faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni tegishli shakl va mazmunda yig‘ish, qayd
etish, guruhlash va jamlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazib berish talablariga
javob berishi kerak.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi respublikamizning «Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida» qonuni (7-modda)da ko‘rsatilgan to‘rtta shakllardan birida
tashkil etilishi mumkin.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy shaklini belgilashda bu
tashkilotlarning katta-kichikligi, ularning maqomi muhim rol o‘ynaydi. Yirik
qurilish tashkilotlarida bajariladigan hisob-kitob ishlari hajmi katta bo‘lganligi
uchun buxgalteriya tarkibi alohida bo‘limlardan, masalan, moddiy boyliklar hisobi
bo‘limi, mehnat va unga haq to‘lash hisob-kitobi bo‘limi, qurilish ishlari hisobi
bo‘limi, moliyaviy hisob-kitoblar bo‘limi va boshqalardan tashkil topadi.
Buxgalteriya bo‘limlari ish faoliyatiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi.


Mikrofirmalar va kichik korxonalar maqomidagi qurilish tashkilot-larida,


odatda, maxsus hisob bo‘linmasi tashkil qilinmaydi. Ularda shartnoma asosida
ishga qabul qilingan buxgalterga barcha hisob-kitob ishlarini yuritish yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlari xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi ixtisoslashgan
buxgalterlik firmasi yoki auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomaga
muvofiq olib borilganda, ular buxgalteriya hisobini respublikamiz qonun
hujjatlariga muvofiq ravishda olib borilganligi uchun qurilish tashkilotlari oldida
shartnoma shartlariga asosan javobgar va mas’ul hisoblanadilar.
Qurilish tashkilotida buxgalteriya hisobi uning rahbarining o‘zi tomonidan
yuritilganda u buxgalteriya hisobini respublikamiz qonun hujjatlariga muvofiq
ravishda olib borilganligi uchun bevosita javobgar va mas’ul hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarining hisob siyosatida buxgalteriya hisobini tashkil
qilishning tanlab olingan shakli, shuningdek ushbu shaklda hisob ishlarining
bajarilishini tartibga solib turuvchi ichki me’yoriy hujjatlar tizimi belgilanadi.
Bunday ichki me’yoriy hujjatlar bo‘lib, odatda, buxgalteriya to‘g‘risida Nizom,
bosh buxgalter va buxgalterlarning kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablar,
buxgalterlar o‘rtasida funksional majburiyatlarning taqsimoti, mehnat
shartnomalari, ixtisoslashgan buxgalterlik firmalari yoki auditorlik tashkilotlari
bilan tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Ushbu ichki me’yoriy hujjatlarning
mavjudligi va ularga amal qilish buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilinishi va
yuritilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilish tashkilotlarida daromadlar, harajatlar va yakuniy moliyaviy natijalari
(foyda va zararlari) ko‘rsatkichlarini tan olish va hisobini yuritishning bir qancha
usullari mavjud. Chunonchi, daromadlarni qurilish ishlari yoppasiga tugagandan
so‘ng, bosqichma-bosqich, qurilish navbatlari bo‘yicha tan olish va hisobga olish
mumkin. Ushbu usullarning mohiyatiga va qo‘llanilishiga keyingi mavzularda
alohida to‘xtalamiz. Qurilish tashkilotlari tomonidan bu usullardan qaysi biri
tanlab olinganligi yoki ularning har birini qaysi turdagi ishlar uchun qo‘llanilishi
hisob siyosatida aniq ifodalangan bo‘lishi lozim.
Bajarilgan qurilish ishlarining tannarxi, shuningdek olingan foyda summasi
ularga sarflangan materiallar qiymatini baholash usullariga bevosita bog‘liq.
Bunday usullar bo‘lib, respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy
zahiralar»ga muvofiq FIFO, AVEKO, identifikatsiyalash usullari hisoblanadi.
Belgilangan tartibga ko‘ra qurilish tashkiloti ushbu usullarning barchasidan
foydalanishlari mumkin. Biroq, bir xil nomdagi TMZlar bo‘yicha bir vaqtning
o‘zida baholashning turli usullarini qo‘llash mumkin emas. Shu bois ham, qurilish
tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida TMZlar qiymatini baholashning tanlangan
usullarini ularning turlari bo‘yicha ko‘rsatishlari hamda unga amal qilishlari lozim.
Qurilish ishlarining bir necha yillarga cho‘zilib ketishi hisobot yilining oxirida
tugallanmagan qurilishni inventarizatsiya qilish va qiymatini baholashni,
shuningdek unga sarflangan harajatlarni to‘g‘ri taqsimlashni taqozo etadi. Bu
xususiyat qurilish tashkilotlari hisob siyosatida tugallanmagan qurilish hajmini
inventarizatsiya qilib chiqish, uning qiymatini baholash tartibini aniq belgilashni
talab qiladi.


Qurilish ishlari bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi


buyurtmachi tashkilotlarning to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligiga bevosita
bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buyurtmachi korxonalar to‘lov qobiliyatini
yo‘qotish riskining mavjudligi qurilish tashkilotlarida dargumon debitorlik
qarzlarni bevosita yoki tashkil qilinadigan maxsus rezerv evaziga hisobdan
chiqarish usullaridan birini hisob siyosatida belgilab qo‘yishni talab etadi.
Bajariladigan ishlar (xizmatlar) qurilish tashkilotlari bo‘linma-larida (qurilish
maydonchalari, sexlar, omborlar va boshqa javobgarlik markazlarida) turli
boshlang‘ich hujjatlarni tuzishni, ular aylanishini tashkil qilishni, shuningdek
boshlang‘ich hujjatlar asosida tegishli hisob registrlarini yuritishni taqozo etadi.
Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan boshlang‘ich hujjatlar, ularni tuzish, taqdim
etish va ishlovdan o‘tqazish tartibi to‘g‘risida keyingi mavzularda alohida
to‘xtalamiz.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi jurnal-order, memorial-order,
bosh-jurnal va ixchamlashtirilgan shakllardan birida qo‘lda yoki zamonaviy
kompyuterli texnologiyalarga asoslanilgan holda yuritilishi mumkin. Hozirgi
paytda aksariyat qurilish tashkilotlarida qo‘llanilayotgan hisob shakli bo‘lib jurnal-
order shakli hisoblanadi. Bu shaklda ishlatiladigan hisob registrlarining schyotlar
bo‘yicha taqsimoti 2-va 3-ilovalarda keltirilgan.
Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobini yuritish uchun tasdiqlangan
ishchi schyotlar rejasi hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda ishchi schyotlar rejasida nazarda tutilishi lozim bo‘lgan ayrim
schyotlar va ularning yuritilish tartibiga keyingi mavzularda alohida to‘xtalamiz.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin