K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Bosh pudratchi tashkilot – bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va
boshqa ishlarni olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning
bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot – bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib
berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini
bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot.
Tanlagan soliq rejimiga ko‘ra qurilish tashkilotlari umumbelgilangan va
ixchamlashtirilgan
soliq
rejimlarida
ishlovchi
korxonalarga bo‘linadi.
Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq mikrofirma va kichik
korxonalar hisoblangan qurilish tashkilotlari ixchamlashtirilgan soliq to‘lovi
rejimida ishlari mumkin. Yirik va o‘rta qurilish tashkilotlari, odatda,
umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Qurilish tashkilotlari faoliyati respublikamizning amaldagi me’yoriy-huquqiy
hujjatlariga muvofiq asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga bo‘linadi.
Asosiy faoliyatga buyurtmachilar uchun bajarilgan qurilish, qurilish-montaj
ishlari, jihozlarni o‘rnatish, rekonstruksiya, kengaytirish, obodonlashtirish, kapital
va joriy ta’mirlash ishlari, shuningdek o‘z maqsadlarida foydalanish va sotish
uchun mo‘ljallangan qurilish materiallari va moslamalarini ishlab chiqish va shu
kabi boshqa ishlar kiradi. Asosiy bo‘lmagan faoliyatga qurilish tashkilotlarining
moliyaviy, investitsiya va boshqa faoliyat turlari kiradi.
Qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatiga kiruvchi ishlarning har biri o‘ziga xos
xususiyatlarga ega.
Qurilish ishlari deganda yangi bino va inshoatlarni yaratilishi bilan bog‘liq
jarayonlar majmuasi tushuniladi. Yangi bino va inshoatlarni yaratilishi o‘z ichiga
loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta’minot, qurish, foydalanishga topshirish
kabi jarayonlarni oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma’lum ishlardan tashkil
topadi va o‘zining pirovard natijasiga ega bo‘ladi.
Qurilishning loyihalashtirish jarayonida yangi bino va inshoatlarni
qurishning texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa jihatlari
o‘rganiladi, ularning aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi. Qurilish
loyihasi, odatda, maxsus loyihalashtirish muassasalari (institutlar) tomonidan
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan
loyiha quriladigan ob’ekt joylashgan xududning shaharsozlik bosh loyihasi
talablariga zid bo‘lmasligi lozim. Shu bois ham yangi ob’ektlarni qurishdan oldin


ularning loyihalari O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining


joylardagi boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi.
Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan ob’ektning barcha
texnik-iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi.
Qurish smetasida ob’ektni qurish bilan bog‘liq barcha ishlarning hajmi, ularning
belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi.
Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma
qiymatini belgilashga asos bo‘ladi.
Qurishga tayyorgarlik va uning ta’minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi
tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlarni
bajarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari tuzilgan shartnomada o‘z aksini
topadi. Masalan, buyurtmachi bu jarayonda o‘z zimmasiga qurish uchun kerakli
bo‘lgan materiallarni pudratchiga yetkazib berish, oldindan to‘lov summasining
kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizdan kam bo‘lmagan qismini)
quruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilarni oladi. Pudratchi
tashkilot qurish uchun kerakli texnika va jihozlarni qurilish maydonchasiga
yetkazish, ularni qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlarni o‘z
zimmasiga oladi.
Ob’ektni qurish jarayoni qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlarni
bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga
oshirishdan iborat bo‘ladi. Qurilish ob’ektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga
hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari)
hisoblanadi.
Qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir.
Bu jarayon qurilishga doir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus
komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar
(qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan
ob’ekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi.
Qurilish ishlari o‘z ichiga montaj ishlarini ham oladi. Shu bois birgalikda
olib borilgan ushbu ishlar qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin