K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Mavzu 1. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə4/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

Mavzu 1. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA
HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI 

Ma’ruza rejasi: 

1.Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatidagi


tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
2.Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari
3.Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari

1. Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatidagi tavsifi va 
ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari 

Qurilish tashkilotlari iqtisodiyotning «Qurilish» deb atalgan tarmog‘i quyi


bo‘g‘inini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan
belgilangan xalq xo‘jaligi tarmoqlari klasssifikatoriga muvofiq qurilish
tashkilotlarining alohida turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan:

60000 -Qurilish;

61000 -Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa
ishlarni olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan
tashkilotlar;

62000 -Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni kapital
ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar;

63000 - Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni
ta’mirlash, aholi buyurtmasiga ko‘ra yashash joylarini
ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;

65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;

66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari;

69000 - Qurilish xo‘jalik boshqarmalari
Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida turli belgilari
bo‘yicha tasniflash mumkin.
Mulkiy shakli va yuridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ), mac’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ),
xususiy korxonalar (firmalar) va davlat unitar korxonalari bo‘lishi mumkin. Ushbu
maqomdagi qurilish tashkilotlarini tuzish va ular faoliyatini yuritish
respublikamizda bu turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘g‘risidagi qonunlar va
qonun osti hujjatlari, shuningdek ushbu tashkilotlarning ta’sis hujjatlari asosida
amalga oshiriladi.
Nomlanishiga ko‘ra ham qurilish tashkilotlari turlichadir. Chunonchi, ularning
eng keng tarqalgan nomi bo‘lib harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan kolonna
(XMK–PMK) hisoblanadi. Qurilish tashkilotlariga bunday nomni berilishi
negizida ularning qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarga doir o‘z faoliyatini
bevosita buyurtma berilgan joylarda maxsus harakatlanuvchi texnik vositalar,
mashina va mexanizlar yordamida amalga oshirishlari yotadi. Bundan tashqari
qurilish tarmog‘ida xususiy qurilish firmasi, sho‘’ba qurilish korxonasi, qurilish
kompaniyasi, qurilish tresti kabi nomlardagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham
mavjud.
Faoliyat yuritish doirasiga ko‘ra qurilish tashkilotlari tarmoq va tarmoqlararo
qurilish tashkilotlariga bo‘linadi. Tarmoq qurilish tashkilotlari xalq xo‘jaligining
alohida olingan tarmoqlarida o‘z faoliyatini yuritadilar.
Ixtisoslashganligiga ko‘ra qurilish tashkilotlari maxsus va universal
tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi,
uy qurilishi, yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus
ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p
tarmoqli, ya’ni universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi.
Xodimlarining soniga ko‘ra qurilish tashkilotlari mikrofirmalar, kichik
korxonalar, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning qonun


hujjatlariga ko‘ra qurilish tarmog‘ida mikrofirmalar bo‘lib xodimlarining soni 20


tagacha, kichik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 50 tagacha, o‘rta korxonalar
bo‘lib xodimlarining soni 100 tagacha va yirik korxonalar bo‘lib xodimlarining
soni 100 dan oshiq bo‘lgan korxonalar hisoblanadi.
Ta’sischilarining tarkibiga ko‘ra qurilish tashkilotlarini mahalliy va xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin. Xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi qurilish tashkilotlari ustav kapitalining miqdori eng kamida 150000
AQSH dollari miqdorida bo‘lishi lozim. Ushbu ustav kapitali miqdori mahalliy va
xorijiy ta’sischilar mablag‘laridan tashkil topadi.
Qurilish ishlarini bajarishdagi o‘rniga ko‘ra qurilish tashkilotlari bosh
pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga bo‘linadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin