tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» fanining tarkibida maxsus
bo‘lim sifatida chuqur o‘rganishni taqozo etadi.
E’tiborlaringizga havola etilayotgan ushbu ma’ruza matnlarida qurilish
tarmog‘iga tegishli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy
asoslari, ularning texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqa jihatdan mavjud bo‘lgan
xususiyatlari, ushbu xususiyatlarning buxgalteriya hisobini tashkil qilishga ta’siri
ko‘rsatib berilgan. Alohida e’tibor qurilish tashkilotlarida
maxsus qurilish
mashinalari va uskunalari, ularning ish faoliyati, saqlanishi va ekspluatatsiya
qilinishi, qurilish materiallari harakati, bajarilgan qurilish ishlariga ketgan bevosita
material va mehnat harajatlari, yordamchi ishlab chiqarish va boshqa umumishlab
chiqarish ustama harajatlari hisobi, shuningdek
qurilish ishlari tannarxini
kalkulyatsiya qilish xususiyatlariga qaratilgan. Qurilish tarmog‘iga tegishli
xo‘jalik sub’ektlarida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar, buyurtmachilar
bilan hisoblashishlar, pudratchi va subrudratchilar o‘rtasidagi
munosabatlar, turli
boshqa daromad va harajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yakuniy moliyaviy
natijalarning shakllantirilishi, ularning hisob va hisobotda
aks ettirilishi bevosita
tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqilgan holda ochib berilgan.
To‘plamga kiritilgan har bir mavzu oxirida unga doir tayanch atama va
iboralar, o‘z o‘zini nazorat qilish maqsadida testlar, situatsion masalalar berilgan,
shuningdek mavzu savollarini chuqur o‘zlashtirishga ko‘maklashadigan me’yoriy
hujjatlar, davriy adabiyotlar va boshqa manbalar ro‘yxati keltirilgan.
To‘plamdan joy olgan ayrim mavzular respublikamizda buxgalteriya hisobi
bo‘yicha chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida yetarlicha o‘z aksini
topmagan. Ishda ushbu mavzular respublikamizda oxirgi yillarda qabul qilingan
me’yoriy hujjatlarga hamda muallifning amaliyotchi
buxgalter va auditorlik
tajribasiga asoslanib talabalarga tushunarli tilda yetkazib berishga harakat qilingan.
Muallif taqrizchilarga, shuningdek uni yanada boyitish bo‘yicha o‘z taklif va
tavsiyalarini beruvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi.
Dostları ilə paylaş: