K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə8/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

2.Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining 
vazifalari 

Qurilish tashkilotlari o‘z faoliyatini xo‘jalik hisob-kitobi asosida yurituvchi,


ya’ni o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlovchi, olgan daromadlari evaziga barcha
harajatlarini qoplovchi va pirovard natijada foyda oluvchi korxonalar sifatida
buxgalteriya hisobining muhim sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari
xo‘jalik faoliyatining turlari, ularni tashkil qiluvchi jarayon va muomalalar,
erishilgan moliyaviy natijalar, shuningdek xo‘jalik faoliyatini olib borilishini
ta’minlovchi aktivlar, bu aktivlarni tashkil topish manbalari buxgalteriya hisobi


ob’ektlarini tashkil etadi. Bu ob’ektlarni kuzatish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni


nazorat va tahlil qilish hamda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida
yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash va foydalanuvchilarga yetkazib berish
buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalari bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari bevosita ular
tomonidan
bajariladigan
qurilish,
qurilish-montaj,
jihozlarni o‘rnatish,
kengaytirish, rekonstruksiya qilish, obodonlash-tirish, kapital va joriy ta’mirlash
ishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ushbu ishlarni loyiha-smeta
hujjatlariga muvofiq olib borilganligi va bunda belgilangan me’yor va tartiblarga
amal qilingan-ligini nazorat qilish, qurilish ishlariga ketgan sarf-harajatlarni to‘g‘ri
va o‘z vaqtida hujjatlashtirish, ular asosida qurilish jarayonlari sintetik va analitik
hisobini yuritish, tugallanmagan qurilish ishlari qiymatini to‘g‘ri aniqlash,
tugallangan ishlar qiymatini aniq baholash va kalkulyatsiya qilish, ularni hisobot
davri daromadlariga hisoblash tamoyiliga asosan kiritish, o‘zaro hisob-kitoblarni
o‘z vaqtida amalga oshishini ta’minlash buxgalteriya hisobi oldida turgan eng
muhim vazifalardir.
Qurilish ishlarining xususiyatlari qurilish tashkilotlarida ularning mulki
hamda bu mulkni tashkil qilish manbalari hisobi oldiga ham muhim vazifalarni
qo‘yadi. Chunonchi, asosiy vositalar hisobi va hisobot tizimi ushbu aktivlar
tarkibidagi qimmat turadigan maxsus texnika turli mexanik va elektr jihozlar, yuk
tashish mashinalari, maxsus bino va inshoatlarning holati va harakati, ularning ish
faoliyati, amortizatsiyalanishi va boshqa jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni
berishi lozim.
Qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishi tegishli qurilish
materiallarining qurilish maydonchalariga o‘z vaqtida kelib tushishiga, ular
bo‘yicha tasdiqlangan limitning mavjudligi, butligi va sifatiga bevosita bog‘liqdir.
Bundan tashqari kelib tushayotgan material-lar qiymatini (tannarxini) to‘g‘ri
baholash, ular hisobini baholashning u yoki bu usulda yuritilishi qurilish
ishlarining tannarxiga, ularni bajarishdan olinadigan daromadlar va to‘lanadigan
soliqlarga, qurilish tashkilotining sof foydasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Bularning barchasi qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi oldiga ular qiymatini
to‘g‘ri baholash, materiallar holati va harakati ustidan usliksiz nazoratni olib
borish, ular kirimi va chiqimiga doir hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida
rasmiylashtirish, ushbu boyliklar ombor va buxgalteriya hisobi registrlarini
belgilangan tartibda yuritishdek muhim vazifani qo‘yadi.
Qurilish ishlari hajmi va qiymatiga ko‘ra katta miqdorda mablag‘ talab
qiladigan faoliyat hisoblanadi. Shu bois ham qurilish ishlarining o‘z vaqtida va
sifatli bajarilishi ularni moliyalashtirilish manbalarining mavjudligiga bevosita
bog‘liqdir. Qurilish ishlari, odatda, buyurtmachidan olingan oldindan to‘lov va
keyingi to‘lovlar, shuningdek pudratchi tashkilotning o‘z mablag‘lari yoki ular
tomonidan olingan bank kreditlari evaziga amalga oshiriladi. Qurilish ishlarini
moliyalashtirilishining
ushbu
xususiyatlari
pudratchi
tashkilotlarda
pul
mablag‘larini maxsus schyotlarda akkumulyatsiya qilishni (to‘plashni), ulardan
oqilona foydalanishni, oldindan to‘lov va keyingi to‘lov summalarini
buyurtmachilardan o‘z vaqtida kelib tushishini, bank kreditlari va boshqa qarz


mablag‘larni olish va qaytarish muomalalarini usliksiz nazorat qilishni, ularni


to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirishni, pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik
qarzlar hisobini belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda olib borishni taqozo
qiladi.
Qurilish ishlari boshqa ishlardan farqli o‘laroq kollektiv mehnatga tayanadi,
ya’ni ularni olib borishda mehnatni tashkil qilishning brigada shakli keng
qo‘llaniladi. Mos ravishda bajarilgan ish va xizmatlarga haq to‘lashda ham
mehnatning brigada shakli asos qilib olinadi. Qurilish ishlarining yaxlit brigada
a’zolari tomonidan bajarilishi jami hisoblangan ish haqini, unga qo‘shimchalarni
brigada a’zolari o‘rtasida ularning mehnatdagi haqiqiy ishtirokiga mos tarzda
to‘g‘ri taqsimlab chiqish va hisobini yuritish vazifasini qo‘yadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish tashkilotlari, ularning ta’sischilari,
investorlari va boshqa ishtirokchilarining pirovard maqsadi bo‘lib foyda olish
hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari hisob tizimi foyda ko‘rsatkichlarini milliy pul
birligida real aniqlash imkonini berishi va aks ettirishi lozim.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin