Yagona soliq to‘lovini to‘lash ob’ekti bo‘lib qurilish tashkilotlarining barcha
faoliyat turlaridan olgan yalpi tushumi hisoblanadi. Yagona soliq to‘lovi summasi
yalpi tushum summasini ushbu soliqning belgilangan me’yoriga ko‘paytirish yo‘li
bilan topiladi. Bunda, ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar
uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat
solig‘i summasiga, biroq yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ortiq
bo‘lmagan miqdoriga kamayadi.
Yagona soliq to‘loviga tortiladigan yalpi tushum tarkibiga quyidagilar
kiritiladi:
1.O‘z kuchlari
bilan bajarilgan qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish,
ishga tushirish-sozlash, loyihalash-qidiruv ishlarining hajmi.
2.Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar, ya’ni: a) undirilgan yoki qarzdor
e’tirof etgan jarimalar, penyalar, neustoykalar hamda xo‘jalik
shartnomalarining
shartlarini buzganlik uchun boshqa jazo turlari; b) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan
yillar daromadlari; v) renta daromadi, qurilish tashkiloti huzuridagi oshxonalardan
tushumlar, boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan tushumlar; g) asosiy
vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan
daromadlar; d) kreditorlik va
deponentlik qarzini qonun bilan belgilangan tartibda hisobdan chiqarishdan
olingan daromadlar; ye) tovar-moddiy boyliklarini qo‘shimcha baholash; j) tekin
moliyaviy yordam, shu jumladan, tekinga olingan mol-mulk; z) qisqa muddatli
ijaradan daromadlar; i) ilgari chiqarib tashlangan harajatlarni
qoplash tariqasida
olingan daromadlardan tashqari boshqa operatsion daromadlar;
3.Moliyaviy faoliyatdan daromadlar, ya’ni: a) olingan royalti va kapital
transferti; b) O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida boshqa xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar,
aksiyalar bo‘yicha dividendlar hamda obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar
bo‘yicha daromadlar; v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan
daromad (marja); g) chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha kursdagi farqdan
daromadlar (musbat va manfiy kurs farqlari o‘rtasidagi saldo), bunda manfiy kurs
farqi summasi musbat kurs farqi summasidan oshib
ketgan holda oshib ketish
summasi yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqayotganda soliq solinadigan bazani
kamaytirmaydi; d) qimmatli qog‘ozlar, shu’ba korxonalar va hokazolarga
qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar; ye)
moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar;
4.Favqulodda daromadlar.
Soliq solinadigan yalpi tushum hisoblab chiqilayotganda quyidagilar yalpi
tushumdan chiqarib tashlanadi:
a) ixtyoriy ravishda o‘z arizasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar
uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi;
b)
davlat subsidiyalari summasi;
v) davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha
daromadlar;
g) to‘lov manbaida soliq to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjatlar
(ma’lumotnoma) mavjudligida dividendlar va foizlar.