Debet 4010 «Olinadigan schyotlar»
Kredit 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
Pudratchi tashkilotlarda byudjetga to‘lanadigan QQS summasi bajarilgan
ishlarga to‘g‘ri keluvchi QQS summasidan ta’minotchilar (subpudratchilar)ga
tovar-moddiy resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar hamda
schyot-fakturalar asosida to‘langan QQS summasini ayirish yo‘li bilan topiladi.
21-son BHMSga muvofiq ta’minotchilar (subpudratchilar)ga tovar-moddiy
resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ma’lumotnomalar va schyot-fakturalar
asosida to‘langan QQS summasi hisobot davri mobaynida 4410 «Byudjetga
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotining debetida to‘planadi.
Bunda 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar», 6100
«Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan
schyotlar», 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari kreditlanadi.
Hisobot davri tugagandan keyingi oyning 15 sanasigacha pudratchi
tashkilotlar davlat soliq organlariga QQS hisob-kitobini belgilangan shaklda
taqdim etishlari lozim. Ushbu hisob-kitob asosida 4410 «Byudjetga soliqlar va
yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotining debetida to‘plangan summa
kamaytirishga olib boriladi hamda unga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Dostları ilə paylaş: