Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
Kredit 4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»
Oldingi hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan QQS summasining
hisobot davri uchun kamaytirishga olib borilgan soliq summasidan ortiq bo‘lgan
summasi vujudga kelgan hollarda ko‘rsatilgan ortiqcha summa hisobot davridan
keyingi davrda kamaytirishga olib boriladi. Kamaytirishga olib boriladigan QQS
summasi hisoblangan QQS summasidan ortiq bo‘lganida, unda bunday ortiqcha
summa (manfiy saldo) qurilish tashkilotiga uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
qarzi bo‘lmagan taqdirda qonunda belgilangan tartibda qaytariladi. Bunda ushbu
ortiqcha summa qurilish tashkilotining shaxsiy schyotida ortiqcha to‘lov sifatida
emas, balki manfiy saldo sifatida hisobga olinadi. Ortiqcha to‘langan QQS
summasining qurilish tashkilotiga qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha
aks ettiriladi:
Debet 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Kredit 4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»
Pudratchi tashkilotlarni byudjetga QQS bo‘yicha qarzlarining to‘lanishiga
quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz»
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Daromad (foyda) solig‘i hisob-kitobi va uning hisobi. Soliq qonunchiligi
hujjatlariga ko‘ra qurilish tashkilotlarida boshqa xo‘jalik yuritish sub’ektlaridagi
kabi daromad (foyda) solig‘ini hisob-kitob qilish uchun «Mahsulot (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish
to‘g‘risida Nizom»da nomlari keltirilgan foyda (zarar)
ko‘rsatkichlaridan tashqari soliqqa tortish maqsadida yana ikkita quyidagi foyda
ko‘rsatkichi hisoblash yo‘li bilan topiladi. Bular:
Soliqqa tortiladigan daromad (Std)