K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


QQS hisob-kitobi va hisobi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə89/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

QQS hisob-kitobi va hisobi. Uzoq davom etadigan ishlab chiqarish sikliga
ega bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash
kabi ishlarni bajaruvchi pudratchi tashkilotlarda QQS bo‘yicha soliq solish ob’ekti
bo‘lib bajarilgan va buyurtmachilar tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob
hujjatlariga kiritilgan ishlarning shartnomaviy narxlardagi qiymati hisoblanadi.
Qurilish ishlari pudratchi yoki subpudratchi tashkilotlar tomonidan pudratchi
(subpudratchi) va buyurtmachilar taqdim etgan materiallar asosida bajarilganda,
ushbu materiallarning qiymati kiritilgan holda bajarilgan hamda tasdiqlangan
ishlarning qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Bunda qurilish ishlariga
sarflangan moddiy resurslar bo‘yicha to‘langan QQSning summasi ishni bajargan
pudratchi tashkilotlarda byudjet oldidagi to‘lovlarni kamaytirishga olib boriladi.
Pudratchi tashkilotlar subpudratchi tashkilotlarga moddiy-texnika resurslarini
(qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur materiallar, konstruksiyalar,
buyumlar, namunaviy asbob-uskunalar, apparaturalar, standartlashtirilmagan


texnologik va energetik asbob-uskunalar, shu jumladan maxsus materiallarni) bir


ob’ekt qurilishi doirasida sotganida, ularga QQSni kiritmasdan, qo‘llanadigan narx
va tariflardan kelib chiqqan holda sotiladigan moddiy-texnika resurslarining
qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi.
Markazlashtirilgan manbalar (byudjet pul mablag‘lari, davlat byudjeti
tarkibida konsolidatsiyalanadigan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari
(byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidan tashqari), hukumat qarorlari bilan
belgilanadigan boshqa manbalar) hisobidan moliyalanadigan ob’ektlarni “ipidan
ignasigacha” qurish chog‘ida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha harajatlar
ob’ekt foydalanishga topshirilishiga qadar pudratchining balansida qayd etiladi va
pudratchida QQS bo‘yicha soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydi.
Tugallanmagan qurilish bo‘yicha harajatlar pudratchida ob’ektni loyihada
nazarda tutilgan ishlarning barcha hajmini bajarish, shu jumladan maxsus va ishga
tushirish-sozlash ishlari, ob’ektni texnologik va muhandislik uskunalari bilan
butlash bo‘yicha foydalanishga topshirish dalolatnomasiga ko‘ra QQS bo‘yicha
soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi kerak. Bunda, pudratchida tugallanmagan
qurilish harajatlari bo‘yicha kamaytirishga olib boriladigan QQSning summasi
bo‘lib, ushbu harajatlarni soliq solinadigan aylanmaga kiritilishi chog‘ida schyot-
fakturalar bo‘yicha olingan soliq summasi hisoblanadi.
Pudratchi tashkilotlarda bajarilgan va buyurtmachilarga topshirilgan qurilish
ishlariga to‘g‘ri keladigan QQS summasi belgilangan stavka (20 foiz) bo‘yicha
ikkita usulda quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin