5.SOF FOYDA (SF) YOKI SOF QOPLANMAGAN ZARARLAR (SZ). Sf (Sz) = Fst (Zst) –Ds - Aj Bu yerda: Ds – daromaddan olinadigan soliqlar ( foyda solig‘i,
infrastrukturani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq
to‘lovi);
Aj – foydadan boshqa ajratmalar.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida hisobot yilning foydasi
(zarari)ni topish barcha daromad va harajatlarni 9900 «Yakuniy moliyaviy
natija»” schyotida aks ettirish va ushbu schyotning debet va kredit oborotlari
summasini taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jumladan, daromadlarni aks
ettiruvchi barcha schyotlar (9010-9030, 9310-9390, 9510-9590, 9710)ning
kreditida to‘plangan summa yil oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»
schyotning kreditiga, harajatlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9110-9130,
9410-9440, 9610-9690, 9720)ning, shuningdek foydanning ishlatilishini aks
ettiruvchi schyotlar (9810-9820)ning debetida to‘plangan summa yil oxirida 9900
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o‘tqaziladi, ya’ni:
Debet9010-9030, 9310-9390, 9510-9590, 9710 Kredit 9900
Debet 9900 Kredit 9110-9130, 9410-9440, 9610-9690, 9720, 9800
Qurilish tashkilotlarining hisobot yilida erishgan sof foydasi yil yakuni bilan
hisobot yilning taqsimlamagan foydasini aks ettiruvchi schyotga quyidagicha
o‘tkaziladi:
Debet 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
Kredit 8710 «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)».
Qurilish tashkilotlarining hisobot yilida ko‘rgan zarari yil yakuni bilan
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 8710 «Hisobot darvining taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)».
Kredit 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
Qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalarning analitik hisobi 15-s
jurnal-orderda olib boriladi.