9340 «O‘tgan yillar foydasi» schyotining kreditida hisobot yilda
aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi aks ettiriladi. Bunday foyda bo‘lib, masalan,
muddatidan oldin hisobdan chiqarib yuborilgan debitorlik qarzlarning tiklangan
yoki kelib tushgan summasi, ortiqcha hisoblab yuborilgan harajatlarni
kamaytirilishi va boshqalar hisoblanadi. Bunda mos ravishda o‘tgan yillar
foydasini tiklanganligini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan 5010 «Kassadagi milliy
valyutadgi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 4000 «Olinadigan
schyotlar» debetlanadi.
9350 «Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida qisqa
muddatli ijaradan olingan daromad summasi 4820 «Qisqa muddatli ijara bo‘yicha
olinadigan to‘lovlar» schyoti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi.
9360 «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan
daromadlar» schyotining kreditida muddatida (3 yildan oshiq muddatda) undirib
olinmagan qarzlarni qurilish tashkiloti foydasiga o‘tqazishdan olingan daromadlar
mos ravishda kreditorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (6010, 6110, 6710,
6720, 6900 va boshqalar) bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
9370 «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari» schyotining
kreditida asosiy faoliyatga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan (sog‘liqni saqlash
bo‘linmasi, sartoroshxona, kutubxona, bolalar bog‘chasi, sauna, sanatoriylar,
oshxona, mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar) olingan daromadlar aks
ettiriladi. Bunda olingan yoki hisoblangan daromadlarni aks ettiruvchi schyotlar,
masalan, 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob
schyoti», 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari» schyotlari debetlanadi.
Dostları ilə paylaş: |