tashkiloti tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish
bilan bog‘liq harajatlar aks ettiriladi. Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning
debetida va boshqa schyotlarning (masalan, 1000, 5110, 5010, 6710, 6520, 6990)
kreditida aks ettiriladi.
9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar”- ushbu aktiv,
vaqtinchalik (tranzit) schyotning debetida yil maboynida qurilish tashkilotining
moliyaviy faoliyatga doir boshqa harajatlari, masalan moliyaviy investitsiyalarni
qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar va boshqa harajatlar aks ettiriladi
Harajatlarning aniq turlari ushbu schyotning debetida va boshqa schyotlarning
(0600, 5800, 6990) kreditida aks ettiriladi.
4.SOLIQQACHA FOYDA (Fst) YOKI ZARAR (Zst). Bu ko‘rsatkich
quyidagicha topiladi:
Fst (Zst) = Fux (Zux) + Ff –Fz
Bu yerda:
Fd –favqulotdagi foyda;
Fz – favqulotdagi zararlar.
21-son
BHMSga
muvofiq
qurilish
tashkilotlarida
favqulotdagi
daromadlarning hisobi 9710 “Favqulotdagi foyda” schyotining kreditida,
favqulotdagi zararlarning hisobi 9720 “Favqulotdagi zararlar” schyotining debetida
hisobga olinadi. Favqulotda olingan yoki hisoblangan foydaning turlarini
ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan 0100, 0400, 0700, 1000, 2800, 2900 va boshqa
schyotlar debetlanadi. Favqulotdagi hodisalardan ko‘rilgan zararlarning aniq
moddalarini ko‘rsatuvchi schyotlar, masalan, 0100, 0400, 0700, 1000, 2900 va
boshqa schyotlar kreditlanadi.
Dostları ilə paylaş: