K. B. Urazov qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining


 «Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə84/116
tarix25.12.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#195381
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari-hozir.org

9380 «Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam» schyotining kreditida
turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan
moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks
ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 «Kassadagi milliy valyutadagi pul
mablag‘lari», 5110 «Hisob-kitob schyoti», 0100 «Asosiy vositalarni hisobga
oluvchi schyotlar schyoti», 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” va
boshqa schyotlar debetlanadi.

9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyotining kreditida yuqorida
keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan
inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar
aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi
schyotlar (0100, 1000, 2800, 2900, 5000 va boshqalar) debetlanadi.
Qurilish
tashkilotlarida
asosiy
faoliyatdan
olingan
qo‘shimcha
daromadlarning analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur
segmentlari bo‘yicha 11-s jurnal-orderda olib boriladi.
3.UMUMXO‘JALIK FAOLIYATIDAN FOYDA (Fux) YOKI ZARAR 
(Zux). Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha topiladi:
Fux (Zux) = Faf (Zaf) + Fmf – Zmf 
Bu yerda: Fmf – moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
Zmf - moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlar.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlari moliyaviy faoliyatidan
olingan daromadlar 9500 «Moliyaviy faoliyatdan daromadlarni hisobga oluvchi
schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarda hisobga olinadi. Bu
schyotlarning kreditida moliyaviy faoliyatga doir daromadlarning turlari hisoblash
tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi. Bunda olinadigan royalti, dividend va foizlar,
debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar (4810, 4820, 4830, 4010 va boshqalar)
debetlanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning analitik hisobi
ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha 11-s jurnal-
orderda olib boriladi.
21-son BHMSga muvofiq qurilish tashkilotlarida moliyaviy faoliyatga doir
harajatlarning hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin