K ic h ik b iz n e s V a t a d b ir k o r L ik s u b y e k t L a r id a m a r k e t in g f a o L iy a t in I t a s h k IL


-rasm . M ark etin g n in g asosiy k a tegoriyalari



Yüklə 262,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix05.05.2023
ölçüsü262,21 Kb.
#107724
1   2   3   4   5   6   7   8
6-maruza

4.1.1-rasm . M ark etin g n in g asosiy k a tegoriyalari
Tovar ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga 
e ’tibomi tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif 
etilgan barcha narsalardir.
Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovami ishlab 
chiqarish va xizmat ko'rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini mo'ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali 
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda mamlakatimiz 
Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek "...Keyingi vaqtda jahon bozorida 
narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish 
amaliyotida imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatbardosh 
mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan 
mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada 
yangi bozorlar, yangi transport yo'laklarini topish, bir so'z bilan aytganda, 
faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur"18.
Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. 
Umuman, marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: marketing 
ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson 
faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri 
ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlaming vujudga 
kelishi, tovar turlarining ko'payishi va tadbirkorlar o'rtasida mahsulotni 
sotish muammosining vujudga kelishidir.
Marketing 
asosida 
bozomi 
har 
tomonlama 
o'rganish 
yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilami ko'rsatib o'tish zarur:
• talabni o'rganish;
• bozor tarkibini aniqlash;
• tovami o'rganish;
• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
18 Karimov I.A. Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. -Т.: 
0 ‘zbekiston, 2010.- 64 bet.


• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilami o'rgatadi:
• bozomi o'rganish;
• uni taqsimlash;
• tovarlami joylashtirish;
• marketing siyosatini olib borish;
• tovar siyosati;
• narx siyosati;
• taqsimot siyosati;
• siljitish (yo'naltirish) siyosati;
• yuksalish, qo'shimcha xizmatlar (Plus) - (bunga marka, sotishdan 
keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, 
shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Marketing 
korxonalaming 
bozorda 
ishlash 
uslubi, 
bozor 
metodologiyasi bo'lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini 
o'rganish, ularga mos tovariar yaratish, narx belgilash, tovarlami yetkazib 
berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko'rsatishni uyushtirish usullari, 
vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi 
asosiy maqsadga talab bilan taklifni o'zaro muvofiqlashtirishga xizmat 
qiladi.
Marketing tamoyillari marketing asosi va uning mohiyatini ochib 
beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati tovar ishlab chiqarish va 
xizmat 
ko'rsatish 
albatta 
iste’molchiga, 
talab 
ishlab 
chiqarish 
imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo'ljallashdan iborat. Marketing 
mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi. Marketingning 
asosiy tamoyillari:
• bozomi bilish;
• unga moslashish;
• bozorga ta’sir o'tkazish.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan 
quyidagicha asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
• iste’molchilarga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;
• istiqbolga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni subyekt faoliyati istiqbolga 
yo'naltirilgan bo'lishi zarur;
•pirovard ko'rsatkichga erishishga yo'naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor 
hissasi, foyda oshishi va hokazolar.
Marketing konsepsiyasining mazmuni uning vazifalarini amalga 
oshirish orqali hal etiladi. Marketing vazifalari quyidagi guruhlarga 
bo'linadi:


• marketing tadqiqotlari;
• mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlanti -rish;
• sotish va taqsimot vazifasi;
• tovami siljitish;
• narxni tashkil etish vazifasi;
• marketing-menejment vazifasi.
Marketing vazifalari firmaning boshqa vazifalari, ya’ni ishlab 
chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya 
hisobi funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning vazifalari xo'jalik yurituvchi subyektlarning boshqa 
vazifalaridan farqi shundan iboratki, marketing vazifalari xo'jalik 
yurituvchi 
subyektlar, 
uning 
iste’molchilari, 
mijozlari 
o'rtasida 
ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgan. 
Shuning uchun ham marketing vazifalari doimo o'zgarib boradigan ehtiyoj 
hamda talabning shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi.

Yüklə 262,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin