Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so'rov, guruhli bahs
eng ko'p qo'llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning
tegishli bosqichlarida samarali axborot to'plash, uni qayta ishlash, texnika
vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida
keltirilgan radio telefonli va bort-kompyuterii avtomobilga boshlang'ich
talabni baholash tadqiqotini olib ko'raylik. Kuzatish uslubi vositasida
xaridorlaming joriy davrda va avtomobilb bozoridagi munosabatlari,
ko'nikmalarini baholash mumkin. So'rov uslubida esa aniq bir xaridoming
«yangi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo'yadigan talab va istaklarni
baholash
mumkin.
Eksperiment
uslubida
esa
sinov
tarzida
avtomobillaming kichik partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini
kuzatish mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o'zaro bog'liqlik,
aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan
reja mohiyatan quyidagi savollarga javob berishi lozim.
1. Qanday ma’lumotlar to'planishi kerak?
2. Ma’lumotlarni kim to'playdi?
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?
4. Ma’lumotlarni to'plashda qanday uslublar qo'llaniladi?
5. MaMumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim
etiladi?
6
. Ma’lumotlarni to'plash qachon va qaerda amalga oshiriladi ?
7. Ma’lumotlarni to'plash uchun qanday xarajatlar ko'zda tutiladi?
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi,
mazmunan va mantiqan bog'liqligi ta’minlanadi. Bu o'z navbatida
tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan
kamchilik va xatoliklaming vujudga
kelishiga
yo'l
qo'ymaydi.
Ma’lumotlarni to'plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida amalga
oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ulami qayta ishlash,
tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi. Chunki jamlanadigan
maMumotlar qayerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: