• yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va
zarurligini asoslash;
• ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida
belgilash;
• iste’molchilaming maqsadli bozorda ko'zlagan maqsadlarini
hisobga
olgan holda, har bir tovar bo'yicha sifat ko'rsatkichlarini
o'rnatish;
• har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani
solishtirish);
• maqsadli bozorda raqiblaming mavjud o'xshash tovarlarini hisobga
olgan holda, har bir tovar bo'yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Ishlab chiqarish bo'limi bo'yicha marketing dasturi quyidagi
maqsadga ega:
tovariar
siyosatini
hisobga
olgan
holda
chiqarilayotgan
mahsulotning zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
• innovatsiya bo'yicha qaromi asoslash;
• chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish
bo'yicha qaror qabul qilish;
• tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o'rnatish;
• ishlab chiqarishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha
xarajatlarning
umumiy hajmi va tuzilishini hisoblash;
• moliyalashtirish manbalarini topish;
• ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
• ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
• ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo'limi bo'yicha marketing dasturi firmaning to'liq
ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi
optimallashtirilgan ko'rsatkichlami o'z ichiga olishi lozim. Shunday qilib,
ishlab chiqarish bo'yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo'limining
xo'jalik faoliyatining jami ko'rsatkichlari to'plamini tahlili asosida ishlab
chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda
maqsadli yondashish
uslubiga asosan korxonaning mo'ljallangan maqsadiga erishish va uning
bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi
quyidagicha:
1.
Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil). Faoliyati, shart-
sharoitlari
resurslari, samarali natijaga erishish yo'nalishlari. Korxonaning
ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
2. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash (Marketing sintezi). Ishlab
chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda
foydaga erishish yo'llarini aniqlash.
3. Strategiyani ishlab chiqish. Korxonaning moddiy,
mehnat va
moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko'zlagan uzoq muddatli
maqsadni aniqlash (bozor segmentlari, marketing vositasi, bozorga kirish
vaqti va boshqalarni tanlash).
4. Rejani ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar,
reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini
rejalashtirish tizimi.
5. Nazorat qilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilning aniq
bozor holatiga to'g'ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va
xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.
Dostları ilə paylaş: