25
Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari
sifatida biologik va
ijtimoiy omillar ajratib ko‘rsatiladi.
Biologik omillar. Biologik (irsiyat) insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi.
Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi.
Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u
organlari,
shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib
turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini
rivojlantiradigan
nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir
faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga
ko‘ra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi
uning hayot, talim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq.
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib tug‘ilayogan bolalar soni
ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir
kechadi. Shuning uchun ularga o‘qitishning yangi metodlari joriy
qilinmoqda va bu metodlar
ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus
pedagoglar shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy
muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi.
Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning
asosiy maqsadi bolaga
tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
Dostları ilə paylaş: