K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy


Mavzu: Ijtimoiy pedagogika haqida tushuncha



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

 
Mavzu: Ijtimoiy pedagogika haqida tushuncha 
Reja: 
1. Ijtimoiy pedagogikaning mazmuni, maqsad va vazifalari. 
2. Ijtimoiy pedagogikaning tarkibiy qismlari. 
3. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalari. 
4. Ijtimoiy pedagogika fanining tadqiqotmetodlari. 
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy, pedagogika, ijtimoiylashuv, ob’ekt, predmet, falsafa, etika, 
sotsiologiya, etnografiya, etnopsixologiya, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiylashuv kategoriya, ijtimoiy 
ta’lim, ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod. 



Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari 
«Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, 
“Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. 
Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv 
jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir 
muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, 
«Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar 
pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. 
Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik 
yotadi. Bu xolni «Ijtimoiy pedagogika» dan ham aniq ko‘rish mumkin. Darxaqiqat ijtimoiy 
pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi Ammo shuni 
ham ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda o‘rganadi. Chunki, mazkur 
fanning o‘ziga xos bo‘lgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida mujassamlashtirilganligidir. 
“Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo 
munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan 
bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga 
bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning 
jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat
yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi. 
Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali 
aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning 
ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti 
bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani 
ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. 
Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda 
insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini 
va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu 
muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda 
ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari 
muassasalardagi tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga 
g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning o’ziga 
xosharakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida bevosita namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin