K. Turg‘unboyev, M. Tolipov, I. Oxunov ijtimoiy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix19.12.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#76319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
ijtimoiy pedagogika asoslari

 
Nazorat savollari: 
1. Ijtimoiy pedagogika fanini o‘rganishning zaruratini qanday baholaysiz? 



2. Ijtimoiy pedagogika faniga ta’rif bering?
3. Uning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
4. Ijtimoiy pedagogika fanidagi dolzarb muammolar xususidagi fikrlaringiz?
Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida 
Reja: 
1. Ijtimoiy pedagogika falsafaning tarkibiy qismi. 
2. Ijtimoiy pedagogikaning ilmiy fan sifatidagi tuzilmasi. 
3. Ijtimoiy pedagogikaning amaliy ahamiyati 
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy falsafa, shaxs va uning shakllanishi, jarayon, inson va 
jamiyat, ijtimoiy muhit, ilmiy fan, metodologiya, tuzilma, amaliy faoliyat 
Ijtimoiy falsafa — jamiyat va inson muammolari, insonning jamiyatdagi o‘rni, munosabatlari 
haqidagi fandir. Ijtimoiy falsafaning asosiy tushunchalari ijtimoiy adolatlilik va insonni ximoya 
qilish, insonning ijtimoiy muhitdagi o‘rni, insonning jamiyatdagi o‘rni kabilardir. Uning vazifasi, 
nazariy tomondan jamiyat rivojlanish jarayoni va undagi insonning o‘rnini talqin qilishdir.
Jamiyat va shaxs — ijtimoiy falsafaning asosiy muammosi, hisoblanadi. Boshqacha qilib 
aytganda shaxsning rivojlanishi, uning jamiyatdagi bog‘liqligi va jamiyatning insonlarga bog‘liqlik 
masalasidir. 
Ijtimoiy pedagogikada shaxs — tarbiya ob’ektidir. Shaxs va uning rivojlanishi, shaxsning 
yoshiga xos hususiyatlari ta’lim va tarbiya jarayoni, muhit va tarbiyaning shaxs rivojlanishidagi 
ta’siri va boshqalar.
Falsafa ham, pedagogika ham inson va davlat, inson va avlod, inson va oilaning bir —biriga 
ta’siri, bu jarayondagi shaxsning rivojlanishi, uni shakllanishini o‘rganadi. 
Ijtimoiy pedagogikaning masalalaridan biri —bu shaxs va muhitning munosabatlaridir. 
Hozirgi zamon sharoitida bizning mamlakatda ijtimoiy falsafa jamiyatdagi bo‘layotgan 
o‘zgarishlarni aks ettiradi, yangi siyosiy, iqtisodiy, oilaviy, milliy va diniy munosabatlar shular 
jumlasidandir. Hozirgi zamon oilasi, undagi tinchlik, maktab va ta’lim, yoshlar va jamiyat, shahar 
va tabiat, bozor va byudjet, milliy munosabatlar yangicha fikrlash va tushuncha xosil qilishni taqazo 
etadi. Chunki bu muammolar markazida shaxs, inson taqdiri turadi ijtimoiy iqtisodiy, madaniy va 
ta’limiy muammolarning o‘zaro mutanosibligi hisoblanadi
Ijtimoiy falsafa va ijtimoiy pedagogikaning o‘zaro aloqasini, ulardagi umumiylikni biz 
nimada ko‘rishimiz mumkin? 
Ijtimoiy falsafa — inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarining asosiy muammolarini 
aniqlaydi, ijtimoiy pedagogika esa bo‘ muammolarning bir qismini bartaraf etishda muhim rol 
o‘ynaydi. Bu muammolar: shaxs va muhit, shaxs va ta’lim, shaxs va oila, shaxs va ma’naviy 
madaniyat, shaxs va uning ijtimoiy mehnatga tayyorgarligi va ishtirokidir. 
Shunday qilib hozirgi zamon sharoitida inson va tabiat deb atalmish ijtimoiy — falsafiy 
muammo juda muhim bo‘lib turibdi. 
Ijtimoiy pedagogika o‘zgarayotgan muhitning shaxsni shakllanishiga ta’sirini, yangi 
jamiyatda o‘sib kelayotgan avlodga ta’lim berish ijtimoiy muammosi qanday hal qilinayotganini 
taxlil qiladi. 
Ijtimoiy falsafa ijtimoiy pedagogikaga nisbatan metodologiya hisoblanadi. Zotan jamiyatning 
ijtimoiy muammolari mavjud ekan, ular ijtimoiy pedagog, ijtimoiy xodimga yordam berishga da’vat 
etilgan. 
Ijtimoiy falsafa o‘zida jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini aks ettiradi. U inson oldida 
turgan ijtimoiy, maishiy, iqtisodiy, tabiiy, huquqiy muammolarni hal etish bilan birga psixologik va 
pedagogik muammolarni ham bartaraf etishga sharoit yaratadi. 
Ijtimoiy pedagogika shaxs va jamiyat muammosiga murojat qilgan holda insonning 
jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soladi. Ayrim tang hollarda ayrim oilalarga o‘smirni jamiyatda 
o‘z o‘rnini topishiga hayotiy sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogika yangi 
iqtisodiy munosabatlarni oiladagi munosabatlarga va bolalar tarbiyasiga ta’sirini taxlil qiladi. 


10 
Ijtimoiy pedagogika birinchi navbatda bolalik muammolariga murojat qiladi. Hamda u shaxs 
tarbiyasi uning ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllanishi murakkab vaziyatlarda qo‘llab — 
quvvatlanishi masalalariga murojat etgan holda bolaga jamiyat hayotiga moslashishiga yordam 
beradi. 
Bugun ijtimoiy pedagogika insonni jamiyatdagi o‘rni haqidagi, shaxsning ijtimoiylashtirish 
haqidagi, hozirgi zamon sharoitida bolalik qiyinchiliklari haqidagi bilimlar majmuidir. 
Ijtimoiy pedagog amaliyoti bolaga (o‘smirga) jamiyatda ijtimoiy — ma’naviy muvozanatni 
saqlashga, yangi munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. 
Ijtimoiy pedagogika o‘z oldiga qanday asosiy maqsadlarni qo‘yayotganini yuqoridagi 
fikrlardan bilib olsa bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika ijtimoiy falsafa singari boshqa 
fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, mantiq, tibbiyot, iqtisodiyot bilan uzviy aloqada 
bo‘lmay turib faoliyat yurita olmaydi. 
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fan sifatida o‘zining ob’ekti deb inson va sotsiumning o‘zaro ta’siri 
(turlicha ko‘rinish va hollarda) hisoblanadi, ya’ni xodisa va jarayonlarning o‘ta yaxlitligi amaliy 
ijtimoiy — pedagogik faoliyat uchun manba va o‘zgartirish soxasi bo‘lib qoladi. Ijtimoiy 
pedagogika ilmiy fanning predmeti bo‘lib bu xolat shaxs va sotsium o‘zaro ta’sirining umumiy va 
pedagogik qonuniyatlari hisoblanadi. Aynan mana shu tomoni uni boshqa pedagogik fanlarda 
farqini ko‘rsatadi va unga o‘zaro bog’liqlik va oshkoralik harakterini kasb etadi. 
Ushbu fan maqsadi — inson va sotsium o‘zaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos bo‘lish, 
amaliyot ishlar darajasida bu o‘zaro ta’sirini har tomonlama uyg‘un bo‘lishi uchun ijtimoiy.—
pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori ko‘tarish. Ushbu maqsadga 
erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) 
variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, o‘zaro bog‘lovchi vazifalaridir. 
Ijtimoiy pedagogika ilmiy fanining vazifalari 3 guruhga bo‘lingan:
Birinchi (Nazariy – amaliy) guruh — ijtimoiy pedagogika faoliyatini tadqiq etish bilan 
bog‘liq sotsium rivojlanishi qonuniyatlari, undagi munosabatlar, sub’ektlar va institutlarning 
ijtimoiy ishlari; ijtimoiy pedagogik faoliyatining turli ko‘rinishlar va tiplarda, ular taxlilining 
turlicha darajalarda ziddiyatlarni izlab topish, ularni hal etish tendensiyalarini aniqlash; ijtimoiy 
sohadagi mutahassis faoliyatining prinsiplari, mazmuni, usullari metodlari va shakllarini ishlab 
chiqish; ijtimoiy institutlarning yuzaga keltirishning tashkiliy asoslari; faoliyat ko‘rsatish, chet 
mamlakatlar hodimlari, tashkilotlari va institutlarini ijtimoiy pedagogik faoliyatini tahlil etish va 
tajribalarini baholash bilan bog‘liqdir. 
2. Ikkinchi guruh - vazifalari hususiy (shaxsiy) metodologik, nazariy va ilmiy metodik asosini 
shakllantirish maqsadiga ega; ijtimoiy — pedagogik ilmiy yo‘nalish mazmunini tanlab olish, ilmiy 
bilimlar sohasi sifatida ijtimoiy pedagogikani mantiqiy, ilmiy fanni jamlash. 
3. Uchunchi guruh - vazifalari ijtimoiy sohada kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim kopleksini 
nazariy asosi bilan ya’ni ijtimoiy xodimlar, ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yuristlar tayyorlash bilan 
bog‘liq. Bu ijtimoiy pedagogikaning uchunchi sifat ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Ijtimoiy 
pedagogika boshqa gumanitar fanlar va ilmiy — yo‘nalishlar bilan mustahkam bog‘liq. Jumladan, u 
ijtimoiy falsafa, ijitimoiy siyosatshunoslik, ijtimoiy psixologik, ijtimoiy huquq, ijtimoiy informatika 
va statistika; shuningdek boshqarish nazariyasi, ijtimoiy meditsina va boshqalar bilan bog‘liqligi 
ham mavjud. Ijtimoiy pedagogika ma’lum darajada (o‘z tabiatiga ko‘ra) fanlararo ilmiy fan 
hisoblanadi, fanda ham va jamiyatda ham o‘zining ochiqcha harakteri bilan ajralib turadi. 
Ijtimoiy pedagogikaning umumiy fanlar tizimida inson va jamiyat to‘g‘risidagi fan sifatidagi 
o‘rnini aniqlab uning boshqa fanlar bilan aloqasini hisobga olish uning metodologik asosiini 
aniqlash imkonini beradi. 


11 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin