8
u muayyan
tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni ham qo‘lga kiritadi. Bular esa
bolalarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish va unda
ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni “ijtimoiy ta’lim” deyiladi.
Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida uning rivojlanish tarixi mobaynida o‘rganib
kelingan. Chunki, bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy
yondashuvlarni ifodalaydi.
Boshqa tomondan tarbiya-ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning
ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosiga qaraganda bir muncha kengdir.
Darhaqiqat, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar
yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir.
Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning
o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlar (bolalar, o‘smirlar,
o‘spirinlar)ni qamrab oladi. Ularning ijtimoiy tajribasini tashkil qilish,
ularga individual yordam
ko‘rsatishning o‘zaro munosabati jarayonida yaratiladi. Guruh (jamoa)larda ijtimoiy tajribani
tashkil qilish esa ularning hayotiy faoliyatini yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi. Bunda guruh
a’zolarining o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish, guruhdagi faoliyatni rag‘batlantirish va norasmiy
mikroguruhlarga ta’sir etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-
turish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, ko‘nikish,
shuningdek o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini aniqlab olish birligidir.
Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda ko‘maklashish, o‘z-o‘zini
rivojlantirishga yo‘naltirish, uning jamiyatdagi mavqei, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi.
Individual yordam - boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim,
malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadriyatlarini anglashi, o‘z-
o‘zini anglashini rivojlantirish, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir.
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ijtimoiy tajriba, ta’lim va individual yordamning usul,
shakl, mazmuni, harakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi
ekanligi, ularning ijtimoiy madaniy mansubligiga ham bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari
va tashkilotlarda farqlanadi.
Masalan pedagogik, texnikaviy, tibbiy, xuquqiy, iqtisodiy kabi.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat esa uning sub’ektlari orasidagi axborot,
faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir.
Umuman olganda o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi
faoliyati bo‘lib uning mazmuni, harakteri tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgandir.
Ijtimoiy pedagogika o‘zining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tadqiqot
metodlaridan keng ko‘lamda
foydalanadi;
- umummantiqiy metodlar (analiz, sintez, umumlashtirish, qiyoslash, modellashtirish,
loyihalash)
- umumpedagogik metodlar (kuzatish, suxbat; tajriba; manbalarni o‘rganish; qayta ishlash,
umumlashtirish)
- xususiy pedagogik - psixologik metodlar (individual va guruhiy o‘rganish, xurmatlash,
tushuntirish, ijobiy fazilatlarga tayanish, ijtimoiy
fikrlarni hisobga olish, tashxislash ekspert
xulosalarini hisobga olish);
- tarixiy metodlar tarixiy qiyoslsh, genetika, strukturaviy (alohida belgilar, shartli guruhlar)
tarixiy manbalarni o‘rganish;
- sotsiologik metodlar ( anketa, so’rovnoma, intervyu olish, sotsiometrik,
biografik,
monitoring, test topshiriqlari, modellashtirish);
- matematik – statistik (taxlil, natijalarni qayd etish, tekshirish).
Dostları ilə paylaş: