28
-tarbiya inson o‘zini ijtimoiylashuv sub’ekti sifatida his qilishi, uning sub’ektivligini namoyon
bo‘lishi va taraqqiy etishi uchun sharoitlar yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
-tarbiya inson uchun jamiyatga ko‘nikishi darajasini ishlab chiqishiga sharoitlar yaratadi.
-tarbiya insonni muayyan yosh bosqichlarida xavflar bilan to‘qnash kelishiga yo‘l
qo‘ymasligi, ya’ni insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanmasligi
ehtimolini kamaytirishi
mumkin.
Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amaliyotda amalga oshirish tarbiyalanuvchida
refleksiya va o‘z-o‘zini tartibga solishni rivojlantirishga, uning olam bilan munosabatlarining
shakllanishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlarning tashuvchisi bo‘lgan
insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyili
Tarbiyaning madaniylashuvi zaruriyati g‘oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIIIasr),
fransuz
mutafakkiri Klod Gelvetsiy(XVIIIasr) va shvedsar pedagogi Iogann Pestalotssi asarlarida yaqqol
namoyon bo‘ladi.
XIX asrda nemis pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan ta’rifi berilgan tarbiyaning tabiat
bilan uyg‘unligi tamoyilining zamonaviy tarifi tarbiya madaniyatining umuminsoniy qadriyatlariga
asoslanishi va u yoki bu milliy madaniyatlarning qadriyatlari va me’yorlariga mos bunyod etilishini
ko‘zda tutadi.
Tarbiyaning variativligi tamoyili. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy tarbiyaning variativligi
shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi.
Tarbiya variativligi tamoyili insonning mintaqaviy, munitsipial
va lokal darajada
umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va
lokal sharoitlarni inobatga olib,
tarbiya muassasalarida insoniy, yosh, differensial va individual
yondashuvlar asosida manaviy-qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirish uchun sharoitlar
yaratish uchun ishlab chiqilgan..
Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:
- shaxs manfaatlarini va ehtiyojlari, turli yosh,
ijtimoiy-kasbiy, etnik qatlamlarning talablari,
xududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli xildagi tarbiya
tashkilotlarini tuzish;
- ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarni tashkil qilish;
- mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish.
Ijtimoiy tarbiyaning variativlik tamoilini amalga oshirish:
- insonning turli xildagi hayotiy va shaxsiy masalalarini yechishga,
qobiliyatini
shakllantirishga;
- inson tomonidan o‘zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo‘llarini tanlashga
imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratadi.
Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Ijtimoiylashuvning mikroomillarining tavsifi
shuni ko‘rsatadiki bolalar, o‘smirlarning ijtimoiylashuvi tengdoshlari va kattalar (oila, qo‘shnilar,
mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o‘zaro munosabatlarida ro‘y beradi. Ijtimoiy tarbiya
nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi ijtimoiylashuvning bo‘lagi sifatida
bir tomondan jamoalarda
ro‘y beradi, boshqa tomondan esa bolalar, o‘smirlarni jamoa hayotiga ob’ektiv zaruriyat sifatida
olib kiradi.
Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g‘oya juda qadimda paydo bo‘lgan
va XIX asrdan boshlab pedagoglar tomonidan jadallik bilan uning nazariy asoslari ishlab chiqilgan.
Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko‘ra ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga
oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa jamiyatga ko‘nikish tajribasini qo‘lga
kiritish imkonini beradi.
Tarbiyaning shaxs rivojlanishiga markazlashuvi tamoyili
Bu tamoyilga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning strategiya va maqsadi yosh avlod, o‘smirlarni komil
inson bo‘lib yetishlariga yordam berishdir. Ijtimoiy tarbiya jarayoni, tarbiya muassasalari faqatgina
shaxs rivojlanishining vositasi bo‘lishlari mumkin.
29
Rivojlanishni inson tomonidan uch turdagi vazifalarni (tabiiy-madaniy,
ijtimoiy-madaniy,
ijtimoiy-psixologik) hal qilish jarayoni deb qarashimiz mumkin. Shu vazifalara ko‘ra, tarbiya
muassasalarida ijtimoiy tarbiyani markazlashtirish lozim bo‘lgan shaxs rivojining jihatlarini
aniqlashtirsa bo‘ladi.
Tabiiy-madaniy vazifalarni hal qilish zaruriyati inson rivojining
-jismoniy (tabiiy);
-jinsiy (fiziologik) jihatdan rivojlantirishga yordam beradi.
Ijtimoiy - madaniy vazifalarni yechish zaruriyati esa, insonning:
-intellektual (aqliy);
-ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga zamin yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya bu jihatlarining imkoniyati va o‘rni
turlicha, biroq u bu jihatlarning har
birida u ijtimoiylashuv omillariga nisbatan qo‘shimcha o‘ringa ega. Bundan tashqari tarbiya
muassasalarining turiga qarab ham imkoniyatlari turlicha bo‘ladi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyili:
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko‘ra bolalar, o‘spirinlar, o‘smirlarning
ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, ijtimoiy)
almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular:
-dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;
- ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo‘lgan qadriyatlar;
-tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo‘lgan qadriyatlar.
Tarbiyaning tugallanmasligi tamoyili.
Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik harakteridan kelib chiqadi.
Tarbiyaning
tugallanmasligi tamoyili inson rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat
deb biladi. Bu tamoyilga ko‘ra har bir bola, o‘smirda doimo tugallanmagan va aslida
tugallanmaydigan bir narsa bo‘ladi.
Tarbiyaning tugalanmasligi tamoyiliga ko‘ra tarbiyani shunday tashkil qilish kerakki, har bir
yosh bosqichida inson “qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: