Qiziqishlar xaritasi kaliti. 1. Biologiya
2. Geografiya
3. Geologiya
4. Meditsina
5. Oziq-ovqat va yengil sanoati sohasi
6. Fizika
7. Kimyo
8. Texnika
9. Elektro-radiotexnika
10. Metalga ishlov berish
11. Duradgorlik san’ati
12. Qurilish
13. Transport
14. Aviatsiya, daryo va dengiz transporti
15. Harbiy mutaxassislik
16. Tarix
17. Adabiyot
18. Jurnalistika
19. Ijtimoiy faoliyat
20. Pedagogika
21. Huquq, yurispridensiya
22. Savdo hizmati
23. Matematika
24. Iqtisod
25. Chet tillar
26. Tasviriy san’at
27. Sahna san’ati
28. Musiqa
29. Fizkultura (jismoniy tarbiya)
JAVOB VARAQASI
Familiyasi_________________Ismi___________________________ Maktab (muassasa)________________ Sinf(guruh) _____________ Juda yoqmaydi -- yoqmaydi - ikkilanish 0 yoqadi + juda yoqadi ++
1
30
59
88
117
146
2
31
60
89
118
147
3
32
61
90
119
148
4
33
62
91
120
149
5
34
63
92
121
150
6
35
64
93
122
151
7
36
65
94
123
152
8
37
66
95
124
153
9
38
67
96
125
154
10
39
68
97
126
155
11
40
69
98
127
156
12
41
70
99
128
157
13
42
71
100
129
158
14
43
72
101
130
159
15
44
73
102
131
160
16
45
74
103
132
161
17
46
75
104
133
162
18
47
76
105
134
163
19
48
77
106
135
164
20
49
78
107
136
165
21
50
79
108
137
166
22
51
80
109
128
167
23
52
81
110
139
168
24
53
82
111
140
169
25
54
83
112
141
170
26
55
84
113
142
171
27
56
85
114
143
172
28
57
86
115
144
173
29
58
87
116
145
174
11- Laboratoriya ishi: Sub’ektiv nazorat darajasini o`rganish metodikasi. Maqsad: Sub’ektiv nazorat darajasini S.R.Panteleev va S.S.Stolin so‘rovnomasi yordamida o`rganish
Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi
Mazkur so‘rovnoma S.R.Panteleev va S.S.Stolin tomonidan Dj.Rotter shkalasini modifikatsiya qilish asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, sub’ektiv lokal nazoratning ustun turini aniqlash uchun xizmat qiladi. So‘rovnoma talabalar bilan tashxis o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 32 taband (26 ta haqiqiy va 6 ta chalg‘ituvchi band)dan iborat.
Sinaluvchiga ko‘rsatma: “Quyidagi juft–juft ta’kidlardan o‘zingizga ma’qul bo‘lgan bittasini tanlang”.
So‘rovnoma matni 1. a) bolalar tarbiyasidagi muammolar ota–onalarning haddan tashqari qattiqqo‘lligi tufaylidir.
b) bolalar tarbiyasidagi ko‘pchilik muammolar ota–onalarning yetarlicha qattiqqo‘l emasligidan kelib chiqadi.
2. a) hayotdagi ko‘pchilik muvaffaqiyatsizliklar sababi omadsizlikdir.
b) odamning omadsizligiga uning o‘z xatolari sababdir.
3. a) aholiga xizmat ko‘rsatish sohalaridagi ko‘pchilik muammolar ular bilan yaxshi kurash olib borilmayotganligi sababli ro‘y bermoqda.
b) yaqin orada aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini deyarli yaxshilab bo‘lmaydi.
4. a) Odamning o‘zi nimaga arzisa, boshqalar unga shunday munosabatda bo‘ladilar.
b) afsuski, ko‘p hollarda odamning ijobiy sifatlari e’tiborsiz qoldiriladi.
5. a) talaba hayotining tinch bo‘lishi uning fakultet rahbariyati bilan bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.
b) mas’uliyatli va intizomli talabaning o‘qish bilan bog‘liq muammolari bo‘lmaydi.
6. a) o‘qituvchilarning adolatsizligi haqidagi shikoyatlar ko‘pincha asossiz bo‘ladi.
b) ko‘pchilik talabalar ularning bahosi baxtli yoki baxtsiz tasodifga bog‘liq ekanini tushunmaydilar.
7. a) omadsiz, hech kim hayotda muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
b) agar qobiliyatli inson hayotda ko‘p narsaga erisha olmagan bo‘lsa, demak, u bor kuchini ishga solmagan.
8. a) harchand harakat qilmang ba’zi odamlarga baribir yoqa olmaysiz
b) boshqalarga yoqmaydigan odamlar shunchaki ularning tilini tushunmaydi
9. a) nasl–nasab inson hayotida ko‘p narsani hal qiladi.
b) inson hayotining qanday bo‘lishi uning o‘z harakatlariga bog‘liq.
10. a) tajribamdan bilamanki, agar biror narsa ro‘y berishi kerak bo‘lsa, u ro‘y beradi.
b) men shunga amin bo‘ldimki, odamga ishongandan ko‘ra harakat qilgan afzal.
11. a) darsga yaxshi tayyorlangan talaba ko‘pincha yaxshi baho oladi.
b) imtihon – bu lotereya va unga ko‘p kuch sarflab tayyorlanish shart emas.
12. a) muvaffaqiyat mashaqqatli mehnatdan keyin kelib, odamga deyarli bog‘liq emas.
b) yaxshi joyga joylashish uchun zarur vaqtda zarur joyda bo‘lish kerak.
13. a) talabaning fikri asosli bo‘lsagina e’tiborga olinadi.
b) talabalar dekanat qarorlariga deyarli ta’sir o‘tkazmaydi.
14. a) nimani rejalashtirmay men doim mo‘ljallangan narsalarni qila olishimga ishonaman.
b) ba’zida ishni rejalashtirmagan ma’qul, chunki ko‘p narsa vaziyatga bog‘liq.
15. a) shunday odamlar borki, ulardan hech yaxshilik chiqmaydi.
b) har qanday insonda qandaydir yaxshi jihat bo‘ladi.
16. a) agar to‘g‘ri qaror qabul qilingan bo‘lsa, natijaga erishish vaziyatga unchalik bog‘liq bo‘lmaydi.
b) ko‘p hollarda biz tavakkaliga qaror qabul qilamiz.
17. a) kimning rahbar etib tayinlanishi omadga bog‘liq.
b) odamlarni boshqarish uchun maxsus qobiliyatlar kerak.
18. a) olamdagi voqealar bizning ixtiyorimizdan tashqarisidagi kuchlarga bog‘liq.
b) siyosat va jamoat ishlarida qatnashib odamlar jahondagi voqealarni boshqarishi mumkin.
19. a) agar yotoqxonada hayot zerikarli bo‘lsa, demak, talabalar qo‘mitasi yaxshi ishlamayapti.
b) yotoqxonadagi hayotni qiziqarli qilish talabalarning o‘z qo‘lida.
20 a) ko‘pchilik odamlar, ularning hayoti tasodiflarga qanchalik bog‘liq ekanini tushunmaydilar ham.
b) omad degan narsaning o‘zi yo‘q.
21. a) odamning ba’zida xato qilishga haqqi bor.
b) odatda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bekitgan ma’qul.
22. a) nima uchun ayrim odamlarga yoqishimizni tushunishimiz qiyin.
b) do‘stlar sonining ko‘pligi o‘zining qanday inson ekaniga bog‘liq.
23. a) hayotimda ro‘y beradigan ko‘ngilsizliklar bilan muvaffaqiyatlar o‘zaro muvozanatda bo‘ladi.
b) baxtsiz hayot insonda qobiliyatlarning yetishmasligi, uning dangasaligi natijasi
24. a) magistrant talaba – bu avvallari bakalavriat bosqichida yaxshi o‘qigan, qobiliyatli, mehnatsevar talabadir.
b) magistraturaga kirish uchun tanish–bilish kerak.
25. a) ba’zida o‘qituvchilar bahoni nima asosida qo‘yishini tushunaolmay qolaman.
b) qanchalik ko‘p harakat qilsam, shunchalik yaxshi baho olaman.
a) bugun sidqidildan mehnat qilsam, ertaga ilmiy muvaffaqiyatlarga erishaman.
b) ko‘pchilik ilmiy kashfiyotlar kutilmagan tasodiflar natijasidir.
27. a) ba’zida hayotimda ro‘y berayotgan hodisalarga men unchalik kuchli ta’sir ko‘rsata olmayotganimni his etaman.
b) hayotimda omad ko‘p narsani hal qilishi mumkinligiga deyarli ishonmayman.
28. a) odamning yolg‘izligiga uning o‘zi boshqalar bilan do‘stlashishni xohlamasligi sabab bo‘ladi.
b) boshqalarga yoqish uchun harakat qilishdan foyda yo‘q, yoqsang ularga shunday ham yoqasan.
29. a) oliygohda keraksiz ravishda jismoniy tarbiyaga ko‘p e’tibor beriladi.
b) sport bilan shug‘ullanish xarakter tarbiyasining eng yaxshi vositasidir.
30. a) men bilan nima hodisa ro‘y bersa, bunga avvalo o‘zim sababchiman.
b) ba’zida menga hayotim o‘z–o‘zidan o‘tayotgandek bo‘lib tuyuladi.
31. a) oddiy talabaning dekanat nima asosda har xil qarorlar chiqarishini tushunishi qiyin.
b) dekanat qat’iy choralar ko‘rishiga talabalarning o‘zi sababchi bo‘ladi.
32. a) oddiy talabaning dekanat nima asosda har xil qarorlar chiqarishini tushunishi qiyin.
b) dekanat qat’iy choralar ko‘rishiga talabalarning o‘zi sababchi bo‘ladi.
Kalit Internal lokus nazorat: 2b, 3a, 4a, 5b, 6a, 7b, 8b, 10b, 11a, 12a, 13a, 14a, 16a, 17b, 18b, 19b, 20b, 22b, 23b, 24b, 25b, 27a, 28b, 29a, 31a, 32b.
Eksternal lokus nazorat: 2a, 3b, 4b, 5a, 6b, 7a, 8a, 10a, 11b, 12b, 13b, 14b, 16b, 17a, 18a, 19a, 20a, 22a, 23a, 24a, 25a, 27b, 28a, 29b, 31b, 32a.
Chalg‘ituvchi bandlar: 1, 9, 15, 21, 26, 30.
Sub’ektiv lokal nazorat ko‘rsatkichi sinaluvchi internal lokus nazorat darajasini o‘lchashga xizmat qiluvchi bandlar bo‘yicha to‘plangan ball asosida hisoblab topiladi. Bunda 26 ball maksimal darajadagi eksternal nazoratga muvofiq keladi.
So‘rovnoma 300 nafar talaba bilan standartlashtirilgan: o‘rtacha ball – 14, 2; standart og‘ishish darajasi – 4,4.
Quyidagi jadval asosida dastlabki ballar standart birliklar – stenlarga aylantirilishi mumkin.