18
9.Oxirgi so’zni menga qoldiring.
Bu metoddan darsda biror muammoni hal qilishda foydalanish mumkin. Barcha
o’quvchilar muammoga munosabatlarini bildiradilar. Oxirgi aytgan o’quvchining
munosabati qabul qilinadi.
10.Venn diagrammasi.
Bu metod o’quvchini kattaliklarni qiyoslashga undaydi. quyidagiday doiralar
chiziladi. Ikkita kattalik taqqoslanadi. Bir xil jihatlari o’rtada (aylanalar kesishgan qismida
yoziladi. O’ziga xos jihatlari aylanada yoziladi. Masalan "Og'irlik kuchi" va "elastiklik
kuch"larini qiyoslash kerak bo’lsin.
11.Burchaklar metodi.
Burchaklar metodidan foydalanish yo’li quyidagicha: 4 ta burchakka mavzuga doir 4
ta jihoz qo’yiladi. O’quvchilar raqamlanadi. 1,2,3,4 deb. Guruhlar tashkil etilgandan so’ng
1 guruh 1 deb qabul qilingan burchakka boradi va hokazo 4 guruh deb qabul qilingan
burchakka boradi. Burchaklardagi jihozlarni olib ular haqida fikr almashadilar va taqdim
qiladilar. Jihozlarga qarab o’zlariga nom tanlaydilar. Dars mavzusiga qarab burchaklarga
fizikning rasmi, asbob- anjomlar,matbuot materiallari, kompyuter texnikasini qo’yish
mumkin. Yuqorida yozilganimizdek guruhlarga ajratgandan so’ng o’quvchilar
burchaklarga borib qo’yilgan muammoni hal qiladilar. Bunga 5-10 daqiqa vaqt beriladi.
Vaqt o’tgandan so’ng taqdimot o’tkaziladi. Kompyuter texnikasi oldiga borgan
o’quvchilar shu mavzuning elektron versiyasini o’rganib o’quvchilarga taqdim qilishlari
lozim.
12.Limerik metodi.
O’quvchilarga biror mavzu bo’yicha quyidagi savollarga javob berish taklif etiladi.
1. Kim, qayerdan
2. Qanday, qanaqa.
3. Nima sodir bo’ldi?
4. Nima bilan tugadi?
Dostları ilə paylaş: