17
7. Kubik metodi
Kubik metodidan darsni mustahkamlash vaqtida foydalansa yaxshi natija beradi. 1
qadam: o’quvchilarga mavzu o’tilgandan so’ng unga biror tushuncha shakllanadi.
Shakllangan tushunchani (kattallik, asbob, o’lchov birligi) quyidagicha yozish taklif
etiladi.
1. Tasvirlang
2. Taqqoslang
3. o’xshating
4. Tahlil qiling
5. Ishlating
6. Foydali va zararli tomonlari.
Masalan: "Kuch" mavzusini o’tgandan so’ng kubik usulini qo’llasak taxminan
o’quvchilar quyidagicha yozadilar.
1. Kuch
2. Katta, kichik
3. Zarb, kuchli, kuchsiz
4. Jismga tezlik beruvchi sabab
5. Dinamometr qo’l kuchini aniqlaydi. Traktorning tortish
kuchini aniqlaydi.
6. Ishqalanish kuchi bo’lmasa yurolmaym iz.
. Og'irlik kuchi bo’lmasa yer sirtida yasholmaymiz.
- Kuchli shamol, kuchli suv toshqini, vulkan natijasida kuchli portlash, zil-zila, kuchli
yer qimirlashi natijasida ko’p ofatlar keladi.
8.Sinkveyn metodi.
Sinkveyn frantsuzcha so’z bo’lib "besh" degan ma'noni bildiradi. o’quvchilarga
darsni mustahkamlash bosqichida biror fizik k attalik, asbob, hodisa nomi, fizik olimni
quyidagicha besh qatorli misraga solishni taklif etish lozim.
Ot (1 so’z)
Sifat (2 so’z)
Fe'l (3 so’z)
Ibora (gap bilan ta'rifi beriladi)
Sinonim (1 so’z yoziladi, otga yozilgan so’z bilan ma'nosi bir xil bo’lsin).
Masalan "Tok kuchi" ni o’quvchilar quyidagicha ta'riflaydi.
Ot Tok kuchi
Sifat Katta, kichik
Fe'l Kuydiradi, oqadi isitadi.
Ibora. Zaryad miqdorining vaqtga nisbatiga teng.
Sinonim. zaryadlar oqimi.
Ba'zi bir mavzularni ta'riflashda sinonimni 1 so’z bilan yozib bo’lmaydi unda ikki
so’zdan iborat qilib olishga ruxsat beriladi.
Dostları ilə paylaş: