Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Rag’batlantirishga loyiq xizmat asosan quyidagi xususiyatlarda namoyon bo’ladi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə112/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Rag’batlantirishga loyiq xizmat asosan quyidagi xususiyatlarda namoyon bo’ladi:

  • ijtimoiy faol xulq-atvor va ijobiy vazifalarni bajarishda;

  • shaxsning o’z bur­chiga vijdonan munosabatda bo’lishida;

  • shaxs o’z vazifalarini na­munali bajarishi yoki umume’tirof etilgan foydali natijaga erishishida va boshqalar.

Rag’batlantirishning belgilari quyidagilardan iborat:
1. Xatti-harakat bilan bog’liq bo’ladi. Bunda rag’batlantirish, shaxsga tartibga soluvchi ta’sir ko’rsatar ekan, ijtimoiy foydali xulq-atvorning muayyan turini qat’iy belgilamaydi, balki rag’batlantirish to’g’risidagi normada ko’rsa­tilgan oqibatlar maqbul va foydali ekanligiga ishora qiladi.
2. Rag’batlantirish choralari ijobiy xulq-atvorni yuridik jihatdan ma’qullaydi, taqdirga loyiq ixtiyoriy xulq-atvorni ja­miyat va davlat tomonidan taqdirlash shakli sifatida amal qiladi. Shu ma’noda rag’batlantirish ma’qullash turlaridan biridir. Huquqiy rag’batlantirish uchun esa ma’qullashning yuridik shakl­lari zarur bo’ladi.
3. Rag’batlantirish jamiyat uchun ham, rag’batlantirilayotgan sub’ekt uchun ham foydali bo’lib, ularni ijobiy oqibatlar bilan qanoatlantirgan holda, turli manfaat­larni uyg’unlashtiradi.
4. Rag’batlantirish, odatda, ancha ta’sirchan yuridik omil hisoblanadi.
Huquqiy rag’batlantirish nazorat qiluvchi, da’vat etuvchi, axborot berish, kafolatlash, taqsimlash va tarbiyalash funktsiyalarini bajaradi. Xususan, huquqiy rag’batlantirishning ijtimoiy nazorat funktsiyasi shaxsning muayyan faoliyatini muvofiqlashtiradi, da’vat etish funktsiyasi majburiyatlarni oshirib bajarishga va ijtimoiy foydali ijobiy harakatlar sodir etishga da’vat qiladi; axborot funktsiyasi rag’batlantirish orqali muayyan yuridik axborotni, boshqaruv sub’ektidan ob’ektga uzatiluvchi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtiradi; baholash funktsiyasi yor­damida boshqaruvchi organ muayyan shaxsning taqdirlashga sazovor xulq-atvorini rasman ijobiy baholaydi, uni tan oladi va ma’qul­laydi, faoliyatning jamiyat uchun foydalilik darajasini aks etti­radi; kafolatlash funktsiyasi intizom va tartibni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoit yaratadi; taqsimlash funktsiyasi namunali xulq-atvor uchun rag’batlantirish choralarini mustahkamlab, sub’­ektlarning shaxsiy manfaatlarini ifodalovchi muayyan ne’matlar­dan foydalanish shartlarini ham belgilaydi; tarbiyalash funk­tsiyasi shaxsda ijobiy ruhiy kayfiyat va qoniqish hissini uyg’otadi, kishilarni tashabbuskorlikka, fidokorona mehnatga, ijodiy fao­liyatga ruhlantiradi. Shunday qilib, rag’batlantirish fuqarolarda huquqiy ong, yuksak huquqiy madaniyat va ma’naviy fazilatlar shakllanishiga ko’maklashadi.
Shu o’rinda rag’batlantiruvchi sanktsiyalar ko’plab normativ hujjatlarda jazo choralari (salbiy sanktsiyalar) bilan deyarli yonma-yon o’rin olishini alohida qayd etib o’tish maqsadga muvofiq. Bunga O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (180-modda – “Mehnat uchun rag’batlantirish” va 181-modda “Inti­zomiy jazolar”), O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (102-modda – “Rag’batlantirish choralari” va 105-modda – “Intizomiy jazo choralari”) va boshqa normativ hujjatlar misol bo’la oladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin