Kafedrasi anvarova dildora anvarovna



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə109/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

2. HUQUQIY TARTIBGA SOLISH


Huquqiy tartibga solish – huquqiy vosita­lar tizimi (yuridik normalar, huquqiy munosabatlar, yakka tartibdagi ko’rsatmalar va boshqalar) yordamida amalga oshiri­ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, ularni rivojlantirish maqsadida ushbu ijtimoiy munosabatlarga samarali, normativ-tashkiliy ta’sir ko’rsatish jarayoni­dir.
Huquqiy tartibga solish – ijtimoiy munosabatlarga huquq yordamida ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solish maqsadida ta’sir etish jarayonidir. Huquqiy tartibga solishning muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi, huquqlar ro’yobga chiqarilishini va majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
Huquqiy tartibga solish – bu kishilarning xulq – atvori va ijtimoiy munosabatlarga huquqiy vositalar yordamida maqsadli ta’sir etishdir.


3. HUQUQIY VOSITALAR: TUSHUNCHASI, BELGILARI, TURLARI


Huquqiy vositalar - bu muayyan ko’rsatmalarda va xatti-harakatlarda namoyon bo’ladigan huquqiy hodisa bo’lib, uning yordamida huquq sub’ektlarining manfaatlari amalga oshiriladi va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish ta’minlanadi.
Huquqiy vositalar sifatida huquq normalari va printsiplari, huquqni qo’llash aktlari, shartnomalar, yuridik faktlar, sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlar, ta’qiqlar, imtiyozlar, rag’batlantirish va jazo choralari, huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari va boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Huquqiy vositalarning quyidagi belgilari mavjud:

  1. Ular huquq sub’ektlarining manfaatlarini amalga oshirishning va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishni ta’minlashning umumlashgan yuridik uslublari bo’lib hisoblanadi (aynan ushbu holatda huquqning ijtimoiy qimmati namoyon bo’ladi).

  2. Huquqiy vositalar huquqning axborot – energetik sifati va resurslarini o’zida namoyon qiladi. Ular o’z navbatida, huquqiy munosabat ishtirokchilarining manfaatlarini amalga oshirish yo’lida turgan to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan bo’ladi.

  3. Huquqiy vositalar huquqning ta’sir etish va huquqiy tartibga solish mexanizmi hamda huquqiy rejimlarning asosiy faoliyat yurituvchi qismi bo’lib hisoblanadi.

  4. Huquqiy vositalar yuridik oqibatlarga, muayyan natijalarga va u yoki bu darajada huquqiy tartibga solishning samaradorligiga yoki buzilishiga olib keladi.

  5. Davlat tomonidan ta’minlanadi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin