Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


HUQUQBUZARLIK TUSHUNCHASI VA BELGILARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə105/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

2. HUQUQBUZARLIK TUSHUNCHASI VA BELGILARI


Huquqbuzarlik – bu huquq va muomala layoqatiga ega sub’ekt tomonidan harakat yoki harakatsizlik ko’rinishida sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir.
Bunday qilmish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar etkazishi yoki zarar etkazish xavfini tug’dirishi mumkin.
Huquqbuzarlikning asosiy belgilari:

  • jamiyat va shaxs uchun ijtimoiy xavflilik;

  • huquqqa zid xaraterga egaligi;

  • aybli qilmish;

  • zararli oqibat keltirib chiqaradi;

  • kishilarning erki va ongiga bog’liq bo’lgan holda, ular tomonidan harakat yoki harakatsizlik shaklida amalga oshiriladi va boshqalar.



3. HUQUQBUZARLIKNING YURIDIK TARKIBI


Huquqbuzarlikning elementlari:

  • ob’ekti (huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar);

  • ob’ektiv tomoni (huquqning buzilishi va uning ijtimoiy xavfliligi);

  • sub’ekti (huququbuzarlikni sodir etgan shaxslar);

  • sub’ektiv tomoni (huquqbuzarlik oqibatidan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli qilmishga bo’lgan ongli-ruhiy munosabat).

O’z navbatida huquqbuzarlik ob’ektiv tomonining quyidagi elementlari mavjud:
1) huquqqa qarshi qilmish;
2) zararli oqibat;
3) huquqqa qarshi qilmish va zararli oqibat o’rtasidagi sababiy bog’liqlik;
4) joyi, vaqti, usuli va muhit.
Huquqbuzarlik sub’ektiv tomonining zaruriy belgisi aybdir.
Ayb – huquqbuzarning huquqqa xilof xatti-harakatiga va uning ijtimoiy xavfli oqibatiga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlik ko’rinishidagi munosabati.
Qasd – shaxsning huquqqa xilof hatti-harakatini sodir qilayotganida, bu harakat (harakatsizlik)ning huquqqa xilofligini, ijtimoiy xavfliligini, uning oqibatini anglashi yoki tushunishi (to’g’ri qasd), yoki bu munosabatning ma’lum oqibatni keltirib chiqarishiga ongli ravishda yo’l qo’yishi (egri qasd).
Ehtiyotsizlik – shaxsning hatti-harakatlari natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarning oldini olishni nazarda tutib, beparvolik bilan o’ziga-o’zi ishonib harakat (harakatsizlik) qilishi.
Ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra huquqbuzarlikning jinoyat(odam o’ldirish, o’g’rilik, firibgarlik va h.). va nojo’ya ish ko’rinishidagi turlari mavjud.
Nojo’ya ish ko’rinishidagi huquqbuzarlik o’z navbatida fuqarolik-huquqiy (moddiy zarar etkazish, majburiyatni bajarmaslik va h.); ma’muriy-huquqiy (mayda bezorilik, yo’l harakati qoidalarini buzish va h.k); intizomiy-huquqiy (ishga kelmaslik, kech qolish va h.)larga bo’linadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin