Mavzuning asosiy yo’nalishlari Huquqiy xulq-atvor: tushunchasi, turlari.
O’zbekiston Respublikasida qonunga itoatkor shaxsni shakllantirish masalalari.
Huquqbuzarlik tushunchasi va belgilari.
Huquqbuzarlikning yuridik tarkibi.
Huquqbuzarlik sub’ekti va ob’ekti, sub’ektiv va ob’ektiv tomoni.
Huquqbuzarlik turlari.
Jinoyat va qilmish.
Huquqbuzarlikning ijtimoiy sabablari.
Ularni oldini olish va bartaraf etish yo’llari va vositalari.
Yuridik javobgarlik: tushunchasi, belgisi, turlari.
Yuridik javobgarlik maqsadi, funktsiyalari va printsiplari.
Yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar.
O’zbekiston Respublikasida yuridik javobgarlikni liberallashtirish borasidagi sud-huquq islohotlari.
1. HUQUQIY XULQ-ATVOR TUSHUNCHASI VA TURLARI
Shaxsning huquqiy xulq-atvori – bu shaxs tomonidan yuridik normalar ko’rsatmalariga mos keladigan xatti-harakatlarning amalga oshirilishidir. Yana bu – qonunga itoat etuvchi xatti-harakat hamdir.
Huquqiy xulq-atvor – bu huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo’lgan, huquq sub’ektlarining ongli ravishdagi xulqidir.
Huquq nuqtai nazaridan xulq-atvor huquqqa mos keluvchi, yuridik betaraf va huquqqa zid keluvchi bo’lishi mumkin.
Huquqiy xulq-atvor elementlari:
sub’ektlar (jismoniy va yuridik shaxslar);
ob’ektlar (predmet va sub’ekt hulq-atvori);
ob’ektiv tomoni (hulq-atvorning harakat va harakatsizlik ko’rinishlari);
sub’ektiv tomoni (sub’ektning mas’uliyatlilik darajasi).
Huquqiy xulq-atvorning quyidagi uch turi (ko’rinishi) mavjud: 1. Faol huquqiy xulq-atvor. 2. Odatiy huquqiy xulq-atvor.
3. Passiv (marginal) huquqiy xulq-atvor.