Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Huquqiy rag’batlantirishning turlarini quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə113/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Huquqiy rag’batlantirishning turlarini quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin:



6. HUQUQIY IMTIYOZLAR: TUSHUNCHASI, XUSUSIYATI, FUNKSIYALARI VA TURLARI


Huquqiy imtiyoz deganda, sub’ektga o’z manfaatlarini to’laroq qon­dirish imkonini beruvchi va qo’shimcha, alohida huquqlar (afzal­liklar) berishda yoki majburiyatlardan ozod qilishda ifodalanuvchi sub’ekt holatini qonuniy ravishda engillashtirish tushuniladi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti mexanizmlari shakllanayotgan sharoitda davlat boshqaruvida ma’muriy usul­lar emas, balki ko’p jihatdan soliqlar tizimiga asoslangan iqti­sodiy usullar ustunlik qiladi. Bunday sharoitda imtiyozlarning ahamiyati ortadi. Zotan, aksariyat imtiyozlar hayot faoliyatining turli jabhalari, chunonchi, xo’jalik va tadbirkorlik, moliya va ij­timoiy, ilmiy-texnikaviy va demografik, madaniy va xayriya va boshqa sohalardagi soliqlar bilan bog’liq bo’ladi.
Imtiyozlar, eng avvalo, ijtimoiy chora hisoblanadi. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda salbiy holatlarga barham berish va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan aholining ko’p sonli qatlamlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar tizimi tubdan o’zgartirib borilmoqda. Shu bilan birga, O’zbekiston huquqiy tizimida davlat qurilishi, mahalliy o’zini o’zi boshqarishni rivojlantirish va boshqa vazifalarni hal qilish uchun imtiyozlardan tobora faolroq foydalanilmoqda. Bu jihatlar so’nggi yillarda huquqiy imtiyozlarning maqomi ancha oshganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, endilikda imtiyozlar aholi muayyan guruhlarining holatini tenglashtiruvchi yuridik vositaga, ijtimoiy yordam ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash usuliga aylanib bormoqda.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin