Qonuniylikning asosiy tamoyillari: Konstitutsiya va qonunlarning boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan ustunligi.
Huquq sub’ektlarining qonun va sud oldidagi tengligi.
Hokimiyat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatida zo’ravonlikka yo’l qo’yilmasligi.
Inson (fuqarolar) huquq va erkinliklarini kafolatlanganligi.
Normativ huquqiy hujjatlarni mamlakatning butun hududida bir xil qo’llanilishi va talqin etilishi.
Maqsadga muvofiqlikning qonuniylikka qarshi qo’yilmasligi.
Qonuniylikning madaniyat bilan uzviy bog’liqligi.
2. QONUNIYLIK KAFOLATI: TUSHUNCHASI VA TURLARI
Qonuniylikning kafolati – bu qonun va qonun osti aktlari amal qilishini ta’minlovchi, fuqarolarning huquqlarini hamda davlat, jamiyat manfaatlarini to’siqlarsiz amalga oshiruvchi usullari, shart-sharoitlaridir.
Qonuniylikni amalga oshirish kafolatining turlari: iqtisodiy (jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilikning turli shakllari, iqtisodiy erkinlik va b);
siyosiy (konstitutsion tuzumning demokratlashtirilish darajasi, jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy plyuralizm (fikrlar xilma - xilligi) ko’ppartiyaviylik, hokimiyat vakolatlarining bo’linishi va b);
tashkiliy (qonun va qonun osti aktlariga amal qilinishini nazorat qiluvchi maxsus organlar (sud, militsiya, prokuratura va b.)ning faoliyati);
huquqiy (qonuniylikni amalga oshirish uchun barcha huquqiy normalarni bajarish, huquqbuzarliklarning oldini olish, uni buzgan kishilarga nisbatan tegishli jazo choralarini qo’llash);
jamoatchilik (jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning qonuniylik va huquq tartibotni mustahkamlashda ishtirok etishi).
3. HUQUQIY-TARTIBOT TUSHUNCHASI VA OB’EKTIV ZARURIYАTI